Goal.com sayti har hafta yakunlari böyiça, eng yaxşilar röyxatini yangilab bormoqda. Quyida eng yaxşi 10 futbolçi va ularning reytingdagi örinlari sabablarini tahlil qilişga urinib köramiz.
10. Ruben Diaş
Avvalgi poğonasi: 8-örin
2021 yilda: 1 gol, 19ta «quruq öyin». APL çempionligi, Angliya kubogi.
Diaş Portugaliya safida «Siti»dagidek işonçli öynamadi. Ha, bu pastlaşda jamoasining musobaqadan çiqib ketişi katta rol öynadi. Biroq, Ruben ham öşa mağlubiyatdagi aybdorlardan biri edi. Markaz orqali Torgan Azarning bu qadar kuçli zarba berişiga yöl qöyilganida uning ham aybi bor.
Şunga qaramay, Diaş joriy mavsumdagi eng yaxşi himoyaçilar röyxatini boşqarib bormoqda. Önlikda Rubendan boşqa orqa çiziq vakilini körmaysiz. Lekin portugaliyalikka «Oltin töp»ning berilişi uçun sabablar yetarli emasdek.

9. Erling Holand
Avvalgi poğonasi: 11-örin
2021 yilda: 25ta gol, 9ta assist. Germaniya kubogi ğolibi.
Holandning uşbu hafta davomida qilgan işi uyida ötiriş va şaxsiy maşğulotlarini amalga oşirişdan iborat böldi. Xöş, u holda qanday qilib norvegiyalik futbolçi röyxatda yuqorilaşi mumkin. Gap şundaki, bundan avvalgi reytinglarda undan oldinga qöyilgan futbolçilarda Yevropa çempionatida muvaffaqiyat qozoniş va bu orqali «Oltin töp» uçun da'vogarlar qatorida yuqoriga kötarilib oliş imkoniyati bor edi. Ular qit'a birinçiligidan çiqib ketgan ekanlar, endi mavsumni ança sermahsul ötkazgan va bu holatda ulardan köra «Oltin töp»ga yaqinroq bölgan Erlingga joyni böşatişlari talab etiladi.

8. Karim Benzema
Avvalgi poğonasi: 9-örin
2021 yilda: 22ta gol, 5ta assist.
Yevropa çempionatini tark etgan bölsa-da, Benzema 4ta gol uriş orqali reytingda yuqorilay oldi. Karimning milliy jamoadagi restarti bu qadar omadli keçişi kutilmagandi. Ha, u top-darajali hujumçi. Ha, u «Real»da ham xuddi şu taxlit öynayotgandi. Portugaliyaga qarşi öyinda u jamoasining ikkala goliga mualliflik qilgandi. Keça esa Şveytsariya darvozasiga ham dubl yöllaşga erişdi. Afsuski, penaltilar seriyasida omad «banklar yurti» vakillari tomonida böldi.




















