Bugun, 29 iyun kuni Milliy gvardiya ixtisoslaştirilgan öquv markazida Axborot xavfsizligi böyiça MDH xalqaro ekspertlar forumi bölib ötdi.
Kun.uz forum doirasida mas'ullardan “Şaxsga doir ma'lumotlar töğrisida”gi qonunga qöşilgan 27-1 modda borasida izoh söradi. Bu moddaga asosan, ijtimoiy tarmoqlar oldiga Özbekiston fuqarolarining şaxsiga oid ma'lumotlarni jisman Özbekiston hududida saqlaş talabi qöyilmoqda.
“Şaxsiy yozişmalarni Özbekistonga köçiriş şart emas”
Ğolibşer Ziyoyev, Axborotlaştiriş va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat böyiça davlat inspeksiyasi (Özkomnazorat) boşliği:

— Albatta, qabul qilingan har bir qonunning ijrosi ta'minlanişi lozim. Bu qonun Özbekiston fuqarolarining şaxsga doir ma'lumotlarini himoya qilişga qaratilgan. Bugungi kunda bunga ham texnik, ham qonuniy asoslar töliq yaratilgan va imkoniyatlar mavjud.
Server deyilganda köz oldimizga juda katta komplekslar keladi va şu orqali buni juda börttirib, muammodek köramiz. Biroq bugungi kunda axborot texnologiyalarini rivojlantiriş yönalişida vakolatli organlar texnik şaroitlar yaratib berişga tayyor.
— Şaxsga doir ma'lumotlarga şaxsiy yozişmalar ham kiradimi yoki röyxatdan ötiş uçun kiritilgan ma'lumotlarmi?
— Şaxsga doir ma'lumotlarga nimalar kirişi qonun bilan belgilangan. Yozişmalar – boşqa narsa.
“Fuqarolarimizning huquqlarini konstitutsion ta'minlaşga harakat qilyapmiz”
Temur Ahmedov, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bölim boşliği:

— Şaxsga doir ma'lumotlar töğrisidagi qonunçilik normalari bizda 2019 yildan paydo böla boşladi, “Şaxsga doir ma'lumotlar töğrisida”gi qonun qabul qilindi. Agar bu yönalişda işlar davom ettiriladigan bölsa, biz taşqaridan emas, içki nazoratni kuçaytiriş orqali fuqarolar huquqlarini konstitutsiyaviy kafolatlaşimiz mumkin. Agar taşqarida bölsa, buni ta'minlay olmasligimiz ehtimoli köproq.















