Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida g‘alladan bo‘shagan maydonni yoqib yuborgan shaxslarga chora ko‘rilgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tuman inspeksiyasi inspektorlari tomonidan tungi reyd tadbiri o‘tkazilgan. Unda tumanning Yangiyer mahallasida yashovchi fuqarolar A.Z., X.M. va E.P. tomonidan «Azizbek Donayev» fermer xo‘jaligiga qarashli g‘alladan bo‘shagan yer maydonidagi somon qoldiqlari yoqib yuborilgani aniqlangan.

Ular o‘z xatti-harakatlari bilan atmosfera havosini muhofaza qilish talablarini buzgan va tabiatga zarar yetkazgan.

Qayd etilishicha, aniqlangan holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismi bilan 735 ming so‘m ma'muriy jarima belgilangan.

Toshkent viloyatida qariyb 130 gektar yer maydoni yonib ketdi

Qashqadaryoda g‘alla o‘radigan kombayn yonib ketdi