Avtomobilida giyohvandlik vositalarini saqlagan şaxsga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Bu haqda Toşkent şahar IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 20 iyun kuni soat 22.00larda Toşkent şahrida joylaşgan «Erkin» YPX postida maxsus «Qoradori-2021» tadbiri davomida şahar IIBB xodimlari poytaxtga kirmoqçi bölgan Lacetti maşinasini töxtatişgan.

Maşinani közdan keçiriş jarayonida uning salonidan 28ta gugurt qutisiga joylangan quritilgan ösimliksimon öziga xos hidli modda topilib, xolislar guvohligida olib qöyilgan. Lacetti maşinasi haydovçisi – 1983 yilda Samarqand viloyatida tuğilgan Obid S. Çilonzor tumani IIO FMBga yetkazilgan.

Qayd etilişiça, mazkur fakt böyiça Toşkent şahar IIBB Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi böyiça jinoyat işi qözğatildi. Tergov olib borilmoqda.