Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda ko‘p miqdorda kannabis o‘stirib kelayotgan shaxslarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Samarqand viloyati Nurobod tumanida profilaktika inspektorlari tomonidan tomorqalarida giyohvandlik o‘simligi yetishtirib kelayotgan shaxslar aniqlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 13 iyun kuni Nurobod tumanida profilaktika inspektori tomonidan tumanning «Chortut» MFY, Uyrug‘ul qishlog‘ida yashovchi T.G. ning yashash uyi ko‘zdan kechirilganda tomorqasida 86 tup kannabis giyohvandlik o‘simligini ekib, parvarish qilib kelayotganligi aniqlangan.
Shuningdek, Nurobod tumani «Sazag‘an» MFY da yashovchi D.K. tomorqasida 87 tup kannabis giyohvandlik o‘simligini parvarish qilib kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.
Qayd etilishicha, har ikki holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
09:45 / 21.04.2026
Samarqandda mashinasozlik sanoat zonasi tashkil etiladi
10:35 / 20.04.2026
Samarqandda noqonuniy oltin ajratib olish faoliyatiga chek qo‘yildi
15:09 / 04.04.2026
Samarqand viloyatida portlash xavfining oldi olindi
12:57 / 04.04.2026