Şavkat Mirziyoyev Özbekiston yoşlar va talabalar forumida iştirok etmoqda. Davlat rahbari mamlakat yoşlarini bugungi bayram – Yoşlar kuni bilan tabrikladi.

Prezident respublikada yoşlarga oid siyosat doirasida amalga oşirilgan işlar va istiqboldagi vazifalar töğrisida nutq sözlamoqda.

«Sönggi yillarda yoşlarimizning ijtimoiy–siyosiy faolligini oşiriş masalasiga ham, alohida e'tibor qaratmoqdamiz.

Xabaringiz bor, yaqinda taniqli siyosatçi, Parlamentlararo Ittifoq boş kotibi Martin Çungong boşliq rasmiy delegatsiya mamlakatimizga taşrif buyurdi.

Suhbat çoğida u kişi bir fikrni afsus bilan ta'kidladi. Ya'ni sayyoramiz aholisining yarmidan köpini 30 yoşgaça bölganlar taşkil etsa-da, butun dunyo böyiça yoş deputatlarning uluşi 2,6 foizga ham yetmas ekan. 

Oliy martabali mehmon Özbekistonda bu körsatkiç 6 foizdan oşganini yuqori baholadi. Bu katta e'tirof, albatta.

Biz bu ğoyat muhim yönalişdagi işlarimizni davom ettirgan holda, Parlamentlararo Ittifoq ko‘maǵida «Men parlamentda yoşlarni qöllab-quvvatlayman!» degan ezgu taşabbusni amalga oşiramiz.

Uşbu tizim asosida siyosiy yetuk va faol yoş yigit-qizlarimizni milliy parlamentimiz va mahalliy kengaşlar faoliyatiga yanada kengroq jalb etamiz. Xalq deputatlari kengaşlari tavsiyasi asosida yoş, ğayratli, fidoiy öğil-qizlarimiz bundan buyon Oliy Majlis deputati va senatorlariga biriktiriladi.

Şu bilan birga, mahalliy kengaşlarda ham xuddi Senat va Qonunçilik palatasidagi kabi yoşlar parlamenti vakillari maktabi taşkil etiladi. 

Şuningdek, iqtidorli yoşlar orasidan yangi avlod zaxira kadrlari – «Kelajak liderlari»ni şakllantiramiz», dedi davlat rahbari.