Özgarayotgan dunyo: özbek yoşlari nimalarga tayyor bölişi kerak? - motivatsion suhbat
|01:08 / 01.07.202126 65015 min
30 iyun – Özbekistonda yoşlar kuni. Bugun ayni sana munosabati bilan ötkazilayotgan bayram, konsert va festivallar avj pallasiga çiqqan.
Ammo bugun biz masalaning boşqa tomoni – Özbekistonda yoşlar siyosatining qançalik töğri yuritilayotgani, bugun ular uçun umumiy bölgan muammolar va özgarayotgan dunyoda özbek yoşlari qanday yangilik va evrilişlarga tayyor turişi kerakligiga e'tibor qaratamiz.
Suhbatdoşlarimiz qator rivojlangan xorijiy davlatlarda öqib, işlaş jarayonida tajriba orttirgan va bugungi kunda Özbekistondagi nufuzli lavozim egalari – Abdulla Azizov va Uluğbek Qosimxöjayev.
Abdulla Azizov – Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari.
Azizov 2003 yilda Yaponiyaning Nagoya universitetini, 2004 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining magistr darajasini olgan. Şuningdek, Daniyaning Orxus universiteti magistraturasini, Orxus texnika kollejini IT-dasturçi mutaxassisligi böyiça tamomlab, uşbu yönalişda mehnat faoliyatini boşlagan.
Tayinlovga qadar u Daniyada qator nufuzli kompaniyalarda mas'ul lavozimlarda işlagan. Şuningdek, bir muddat Davlat soliq qömitasi raisi örinbosari.
Uluğbek Qosimxöjayev — Özbekistondagi maktablar uçun yangi avlod öqituvçilari va boşqaruv kadrlarni tayyorlaşga ixtisoslaşgan Toşkent xalqaro universiteti rektori.
Tayinlovga qadar 2018 yildan 2020 yilgaça Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisining birinçi örinbosari.
Qosimxöjayev 2000 yilda Nyu-York Peys va 2007 yilda Mayami Barri universitetini tamomlagan.
U şuningdek, turli yillarda Özbekiston Vazirlar Mahkamasida va xorijdagi qator nufuzli kompaniyalarda mas'ul lavozimlarda işlagan.
— Özbekistonda yoşlar masalalari, ular uçun umumiy bölgan muammolar borasida institutsional tahlillar yetişmayotgandek. Xorijiy davlatlar, jumladan, siz körgan davlatlarda bu masalada qanday işlanadi?
Abdulla Azizov
— Butun dunyoda yoşlarning rivojlaniş indeksi – Global Youth Development Index (YDI) orqali tahlil qilib boriladi. Bu röyxatga qaralsa, Özbekistonning örni juda pastda emasligini köramiz – 53 - örin.
Mavzuga oid
Özim köproq şu mamlakatda işlaganim uçun köplab masalalarda Daniya tajribasini misol qilib olaman. Bu mamlakat men yuqorida aytgan reytingda ikkinçi örinda turadi. Aytgança, Germaniya unda birinçi. Xöş, bu mamlakatlarda yoşlar siyosati qanday amalga oşiriladi?
Ularda yoşlar siyosati böyiça avvalo, tizimli işlanadi. Masalan, 5-10-15 yillik dasturlar orqali. Ma'lum yilga möljallangan dastur öylanadi, örganiladi va provardida qanday natijaga erişamiz, degan maqsad qöyiladi. Rejalar puxta öylangani uçun belgilangan muddatda maqsadga erişiladi.
Abdulla Azizov
Takrorlayman, bu davlatlarda yoşlar masalasi bilan tizimli işlanadi. Bir marta ura, deb boşlavolib, keyin töxtatib qöyilmaydi. Yoşlarning içidagi olov söndirilmaydi.
Bir narsa aniqki, yoşlar bilan işlanar ekan, bir kunda natija oliş mumkin emas.
Singapurda ham yoşlar bilan işlaş böyiça muvaffaqiyatli dasturlar bor. Masalan, şunday dasturlarning biri böyiça yoşlar tez-tez qamoqxonalarga olib boriladi. Bu yoşlarni kelajakda sodir etilişi mumkin bölgan jinoyatlardan saqlab qoliş, qamoqqa tuşgan odamning ma'lum yillarini boy berib qöyişini tuşuntiriş uçun qilinadi.
Albatta, Özbekistonda ham yoşlar bilan boğliq dasturlar köp, lekin fikrimça, köp dasturlarda tizimli yondaşuv yöq. Yangi dasturlar oçiladi, lekin ular bir yildan keyin yöqolib qoladi.
— Özbekistondagi ta'lim muassasalarida bolalar va yoşlarning bilimidan köra, ularning şakliy körinişi: formasi, soçi, davomati kabi masalalariga köproq e'tibor qaratiladi. Bu özini oqlamagan, yillar davomida ta'limda sifatni yöqotgan omillar. Xöş, şunday ekan, nega ulardan voz keçolmayapmiz?
Uluğbek Qosimxöjayev
— Şaklbozlik va ta'lim sifati ikki xil, ya'ni bir-biriga boğliq bölmagan masalalar.
Ta'lim sifatining pastligi Özbekistonning sovet ittifoqidan ajralib çiqişi va bozor iqtisodiyotiga ötişi jarayonida unga yetarli e'tibor qaratilmaganining hosilasi.
Uluğbek Qosimxöjayev
Hamma joyda ta'lim boğçadan boşlanadi. Bizda esa köp yillar boğçalar deyarli qolmagandi.
Ikkinçidan, öqituvçilarga e'tibor juda past böldi. Ulardan majburiy mehnatda tinimsiz bepul işçi kuçi sifatida foydalanildi. Natijada maktablarga kuçli mutaxassislar bormay qöydi.
Uçinçidan, ta'lim muassasalarining infrastrukturasiga umuman e'tibor qaratilmagan.
Oxirgi yillarda va nihoyat, mana şu muammolarga qarşi kuraşilyapti.
Hozir biz ta'lim sifatini belgilovçi PISA dasturlariga qöşilyapmiz.
Bugungi kunda maktabni bitirayotgan öquvçilarning 10-15 foizi OTMga kirdi deylik, xöş qolganlar nima qilyapti? Qolgan yigit-qizlar hayotga tayyormi? Şu paytda maktab dasturlarining qanday bölişi juda muhim hisoblanadi. Ya'ni ta'lim dasturlari, darsliklar va bölajak öqituvçilar şu savolga javob topgan holda tayyorlanişi kerak.
Fikrimça, hozir bizda öqituvçilarni qayta tayyorlaş markazlari yetarli emas. Bu işni nodavlat ta'lim muassasalariga ham qörqmasdan beraveriş kerak. Şuningdek, ta'lim dasturlarimiz mehnat bozorini oldindan köra biliş asosida tuzişi kerak.
Yana savolning şakl qismiga qaytamiz. Masalan, Buyuk Britaniyada ham bolalar uçun bir xil formalar bor. Özimning farzandlarim Amerika qöşma ştatlarida öqigan. Ular ham maktabga alohida formalarda borardi.
Bu – bolani öşa maktabga tegişliligi va unga maktabidan ğururlaniş hissini beriş uçun kerak.
Bolaning soç uzunligi, paypoğining kalta – uzunligi ta'lim sifatiga qanday ta'sir qiladi? Oçiği, bu böyiça mutaxassis emasman. Ularning nega muhimligini men umuman tuşunmayman.
Xususiy universitetlarda masalan, bunday talab yöq. Adaşmasam, hozir OTMlarda ham bu borada özgarişlar bölyapti.
Yaqinda oliy ta'lim vaziriga ham ikkita örinbosar tayinlandi. Ularning biri Vestminster va biri Yuridik universitetda rektor bölgan. Bu universitetlarda forma böyiça muammo bölmagan, demak vaziyat ham özgarib boradi.
Bizning universitetda ham talabalarga forma böyiça alohida talablar yöq. Xohlagan römolda, xohlagan jinsida keladi, lekin odob doirasidan çiqib ketmagan holda.
— Bizda oxirgi yillarda sezilarli katta lavozimlarga yoş kadrlarni qöyiş holatlari kuzatilyapti. Sizningça, bu boradagi işlar tizimga aylanoldimi yoki baribir bir martalik bölib qolyaptimi?
Rivojlangan xorijiy davlatlarda yoşlarni muhim lavozimlarga qöyiş qançalik özini oqlagan?
Kun.uz muxbiri Ilyos Safarov
Abdulla Azizov
— Yoşlarni muhim lavozimlarga qöyiş tizimga aylaniş jarayonida, ammo hali tizimga aylanolgani yöq. Bizda mustaqillik, balki undan avval yoşi katta odam rahbar bölişi kerak, degan tuşunça paydo bölgan. Hozir hamma tuşunib yetyaptiki, hamma narsa yoşga boğliq emas.
Biz yuqori lavozimlarga yoşlarni olib keliş orqali ularning siyosat, ijtimoiy hayotga aralaşuvini tezlaştirişimiz kerak. Bu öz natijasini tezda bermaydi, lekin uzoq muddatda, albatta, beradi. Masalan, rivojlangan davlatlar: Avstriya, Finlandiya, Kanadani oling, u yerlarda rahbarlarning barçasi yoşlar. Ular yaxşi natijalar körsatib, boşqa davlatlarga ham örnak bölyapti.
Fikrimça, bu borada eng yaxşi yöl – hammasini balansda uşlaş. Yuqori vazifalarda yoşi kattalar ham, kiçiklar ham bölişi kerak. Bunday muhitda fikrlar çarxlanadi.
Yevropadagi xalqlar juda konservativ böladi va yoşlarni siyosatga ertaroq olib keladi.
Ularda şuni ifodalaydigan «ahmoqona savol bölmaydi, söramagan – ahmoq» degan maqol bor. U yerdagilar yoş bolalar nima savol bersa, töğri javob qaytaradi. Bu öz navbatida bolaning yoşlikdan hamma narsani töğri bilib katta bölişiga yordam beradi.
Bizda esa afsuski, teskarisi – savol bergan bola köproq uzoqlaştiriladi.
— Bugun mamlakatda oliy ta'limga qamrov darajasining juda pastligi, qabuldagi korrupsiya, şuningdek, kiriş imtihonlaridagi murakkabliklar minglab yoşlarning xorijga iş yoki öqiş uçun çiqib ketişiga sabab bölyapti. Sizningça, bu tizim aslida qanday bölişi kerak?
— Prezident yaqinda oliy ta'limga qamrov kvotalari böyiça qarorni imzoladi. Unga köra, bu yilgi kvota 170 mingta qilib belgilandi. Bu taxminan 27-28 foiz qamrov degani.
Bundan 5 yil avvalgi holat 8-9 foiz edi. Ya'ni qamrov hozir ham yetarli emas, lekin qisqa vaqt davomida raqamlar sezilarli ösdi.
2016 yilda mamlakatda 72 ta OTM bölgan bölsa, bugungi kunga kelib körsatkiç 137taga yetdi. Bu yil yana 7ta OTM oçiladi.
Savol tuğiladi, qamrov özi qança bölişi kerak? Masalan, Amerikada OTMga qamrov 67-68, Yaponiyada 80, Janubiy Koreyada 70, Germaniyada esa 90-100 foiz.
Bizda ham şunday qamrov qiladigan bölsak, nima böladi? Men qator misollarni bilamanki, hozir maktabni bitirayotganlarning ayrimlari hatto özi ismini yozolmaydi. Şu holatda hammani OTMga qabul qilsak, sifat tuşib ketmaydimi?
Ikkinçidan, ertaga ularni iş bilan qanday ta'minlaymiz? Şunga yaraşa iş örni bormi?
Har qanday rivojlangan davlatdagi işlarga rivojlanmagan yoki rivojlanayotgan davlatlardan kelib işlaşadi. Xöş, bizning diplomli kadr rivojlangan davlatga borsa, u yerda qançalik iş topa oladi?
Biz hammani OTMga kiritganimiz bilan ularga iş topib berolmaymiz. Bundayda biz faqat eksportyor bölamiz. Işçi kuçi eksportyori.
Xöş, bu yaxşimi yoki yomonmi?
Masalan, Turkiya qanday rivojlandi? Juda köp aholisi Germaniyada işladi. Odamlari kerak bölsa, qora işda işlagan. Öşa yerdan öz mamlakatiga kerakli yangiliklarni olib kelgan.
Şu ma'noda yoşlarning çetga çiqişi yomon emas. Tajriba örganadi. Qora işçidan, yaxşi işçiga aylanadi. Men ham öz vaqtida Amerikada pol yuvganman. Sekin-sekin rivojlanib, Xudoga şukr, öz kompaniyalarimizga ega böldik, köplab işçilarni işlatdim.
Menimça, bugun e'tiborni qamrovga emas, yoşlarni qayta tarbiyalaşga, hayotga tarbiyalaşga qaratişimiz kerak. Masalan. Dasturçi böliş uçun 4 yil öqiş şart emas. Yaxşi elektrik böliş uçun ham oliy ta'limda yillar öqiş şart emas.
Töğri, bizda oliy ta'limni rivojlantiriş böyiça 2030 yilgaça bölgan strategiyada qamrovni 50 foizgaça çiqarmoqçimiz, lekin şaxsiy fikrim bizga 50 foiz ham kerak emas, taxminan 35-40 foiz yetarli.
OTM öz talabasini özi tanlab olişi kerak. Özbekistondagi xususiy universitetlarda bunday talab yöq, men işlayotgan universitet misolida olib qarasak, özimiz istagança talaba qabul qilamiz, 100 nafar talaba qabul qilişimiz ham mumkin yoki imkon yetsa, minglab yoşlarni jalb qilişimiz ham mumkin.
Şunçaki raqamlarni keltirib taşlaş bilan natijaga erişib bölmaydi. Universitet talabalarni qabul qilayotgan ekan, ularga zamonaviy şaroitlarni muhayyo qilib berişi lozim. Busiz sifatni ta'minlab bölmaydi. Oliy ta'limda faqat kitob öqiş emas, hayotiy va kasbiy tajriba ham olişi kerak. Xorij universitetlarini körsangiz har birining öz kampusi bor, uning içida kutubxonalardan tortib, ovqatlaniş joylarigaça barça qulayliklar yaratilgan böladi, biz ham şu kabi sistemani olib kiryapmiz.
Xususiy universitetlar masalasida qörqiş kerak emas, bozor iqtisodiyoti sarakni sarakka puçakni puçakka ajratib qöyadi. Bir-ikki yilda körinmasligi mumkin, lekin 5 yil-6 yil içida yaxşi kadrlar bera olsa, hali bitirmasdan 3-kursdan iş beruvçilar öşa universitet talabalariga talabgir böla boşlaydi. Qaysidir universitetlar esa diplom sotişni kasb qilib olgani sabab bankrot böladi. Şu ma'noda xususiy sektorda çeklovlar bölişi kerak emas.
Abdulla Azizov, Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari
— Oliy ta'limga qamrov masalasida talabga qarab oliş tarafdoriman. Lekin davlat tomonidan qamrov böyiça pozitsiya özgarişi kerak, ya'ni aholining 50 foizini oliy ta'limga qamraş uçun nima tadbirlar köriş kerakligi borasida tahlillar olib borsa maqsadga muvofiq bölardi. Şu bilan birga eng muhimi qamrov ham emas, balki sifat birinçi örinda. 50 foiz qamrab olindi ham deylik, ammo sifat bölmasa, faqat xarajat qilingani qoladi xolos. Tajribada körganmiz, hatto qaysi fakultetda öqişini, öz sohasida biror tuşunçani bilmaydi.
– Ijtimoiy tarmoqlar bugun yoşlar tafakkuriga qançalik ta'sir qilyapti? Köproq yaxşilikka xizmat qilyaptimi yoki teskarisi? Undan foydalanişdagi oltin örtaliq qanday böladi?
Abdulla Azizov
— Ijtimoiy tarmoqlarni yopib qöyiş imkoni past. Şuning uçun buni qanday nazorat qiliş kerak, degan nuqtai nazardan yondaşiş kerak. Buning uçun avvalo oiladan, keyin maktabda ham balki internetdan qanday foydalanişni örgatiş kerakdir. Özim Daniyada öqiganman, ular bunga jiddiy qaraydi, bolaga bir sutkada yarim soat foydalanişga berişganlarini aytişgan, odatda 7-sinf bolasining qölida şaxsiy smartfoni bölmaydi.
Ijtimoiy tarmoqlardan töğri foydalanilsa, inson dunyoqaraşi ösişida katta xizmat qiladi, lekin unda köp ötirib qoliş salbiy körinişlarni yuzaga keltiradi. Öz farzandlarimni kuzatişimdan ayta olamanki, belgilanganidan sal köproq vaqt virtual olamda qolib ketsa, ruhiyatida özgariş böladi va buni birdan sezaman.
Tarmoqlar turlari ham köp bölgani uçun har biri borasida turli fikr bildiriş mumkin. Masalan, Linkedin juda foydali tarmoq, lekin feysbuk haqida öylab köriş kerak, tiktokni esa butunlay jiddiy öylaş kerak. Bu yerda uni bloklaşni nazarda tutmayapman, uni qabul qiliş kerak va undan töğri foydalanişni yölga qöysa, maqsadga muvofiq.
Uluğbek Qosimxöjayev
— Men bu borada juda qattiq çeklov qöymaganman, aniq maqsadli yondaşuv belgilab qöyganman. Darsdan kelganidan söng darsini qilişi, bir soat öynab, keyin dam olişi kerak, bu ham yoşiga qarab vaqti uzayib boradi. Undan taşqari har kuni bir soatlik vikitaym qilinadi, unda vikipediyadan istalgan mavzuda maqolalar öqişi kerak va tuşunganini menga aytib beradi. Bolalarni çeklaşdan köra, uni öylaşga, fikrlaşga yönaltiriş kerak.
Intervyuni töliq holda yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.
Ilyos Safarov suhbatlaşdi.
Tasvirçi va montaj ustasi – Abduqodir Tölqinov.