Forum ötayotgan Botanika boği bayramona bezatilgan. Yoşlarning ilm-fan, texnologiyalar, adabiyot, san'at kabi sohalarda erişayotgan natijalarini aks ettiruvçi körgazma va namoyişlar taşkil qilingan.
Davlat rahbari uşbu körgazmalar böylab yurib, yoşlarning ixtirolari, mahorati, badiiy çiqişlarini közdan keçirdi. Ular bilan suhbatlaşib, öqiş va izlanişlariga muvaffaqiyatlar tiladi.
Prezident bayram tadbiri maydoniga kelib, barça yigit-qizlarni 30 iyun – Yoshlar kuni bilan tabrikladi.

«Mamlakatimizda yoshlar ta'lim-tarbiyasi, huquq va manfaatlariga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Bu borada alohida davlat taşkiloti – Yoshlar işlari agentligi taşkil etilgan. Bundan taşqari, Yoshlar ittifoqi, uning huzurida öttizdan ortiq nodavlat taşkilotlar faoliyat yuritmoqda. Barça şahar va tumanlarda “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi, turli sohalarni qamrab olgan “Beş taşabbus” amalga oşirilmoqda.
Joriy yil mamlakatimizda Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligini mustahkamlaş yili, deb e'lon qilingani ham yoşlarga e'tiborning yorqin ifodasi.
Prezidentimizning yoşlarga oid siyosatida ikkita eng muhim yönaliş bor: birinçisi – ularga zamonaviy bilim beriş, ikkinçisi – yoshlar bandligini ta'minlaş. Keyingi yillardagi islohotlar, taşabbus va yangi tizimlar zamirida ana şu maqsad mujassam.
Xususan, yoşlarning bilim va iqtidorini rivojlantiriş maqsadida yangiça şakl va mazmundagi Prezident maktablari, ijod va ixtisoslaşgan maktablar tizimi yaratildi. Umuman, barça maktablarga e'tibor, öqituvçilarga rağbat va hurmat oşdi. Yoş avlodda bilimga intiliş kuçaydi.
Ötgan bir yilda bilimli va zukko yoşlarimiz xalqaro fan olimpiadalarida 4 ta oltin, 18 ta kumuş va 29 ta bronza medallarini qölga kiritişdi. Joriy yilda Prezident maktablarini tamomlagan 96 nafar öquvçilarning barçasi muddatidan avval nufuzli xorijiy oliygohlarga grant asosida öqişga kirdi.
Ösib kelayotgan bilimga çanqoq yoşlarning talabiga mos ravişda oliy ta'lim muassasalari soni 127 taga yetkazildi, 26 ta xorijiy universitetlarning filiallari oçildi. Oxirgi 5 yilda oliy ta'limga qabul kvotasi 3 barobar oşirilib, joriy yilda 182 mingtaga yetkazildi. Bu – umumiy qamrov 28 foiz böladi, deganidir. 4 yil ilgari bu körsatkiç atigi 9 foiz edi.
Davlat grantlari 21 mingtadan 47 mingtaga köpaytirilgani, ehtiyojmand oilalarga mansub 2 ming nafar qizlarga oliy öquv yurtlariga kiriş uçun alohida grantlar ajratilgani minglab oilalarga quvonç olib kirdi.

















