Taşqi işlar vazirligi xabariga köra, uçraşuv çoğida Pentagon rahbari vazir Abdulaziz Komilovni Özbekiston mustaqilligining 30 yilligi bilan tabriklagan.

Muzokaralarda mudofaa yönalişidagi, mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlaş, umumiy tahdid va xavf-xatarlarga qarşi kuraşiş kabi sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb jihatlari muhokama qilindi. 

Turli darajalar va yönalişlardagi muntazam muloqot sababli sönggi yillarda Özbekiston-Amerika aloqalari ijobiy ösiş sur'atlarini kasb etayotganligi, amaliy mazmun bilan boyib borayotgani qayd etildi.

AQŞ mudofaa vaziri Lloyd Ostin Afğonistonda vaziyatni barqarorlaştiriş borasidagi xalqaro sa'y-harakatlar Özbekiston tomonidan köp yillardan buyon qöllab-quvvatlanayotganini olqişladi hamda uşbu mamlakat iqtisodiyotini qayta tiklaş va uning Markaziy Osiyo mintaqasiga integratsiyasiga kömaklaşişga tayyorligini bildirdi, deyiladi xabarda.