AQŞ boş prokurori Merrik Garlend federal darajada çiqarilgan ölim jazosi hukmlarining ijro etilişini taqiqlab qöydi. Uşbu qaror adliya vazirligi ölim jazosiga yondaşuvini tahlil qilib olgunça amal qiladi.
«Bugun adliya vaziri federal darajadagi ölim jazosiga moratoriy kiritiş haqidagi memorandumni e'lon qildi. Tegişli tahlillar ötkazilib bölmagunça federal darajada ölim jazolari tayinlanmaydi», deb aytilgan adliya vazirligi xabarida.
Garland senatda boş prokuror lavozimiga öz nomzodining tasdiqlanişi vaqtida aybsiz odamlar qatl etilişi mumkinligidan xavotir bildirgandi.
Prezident Jo Bayden öz saylovoldi kampaniyasi vaqtida ölim jazosini bekor qilişga qaratilgan qonunni qöllab-quvvatlaşga va'da bergandi. Uning ma'muriyati hokimiyat tepasiga kelgaç, uşbu va'daning bajarilişini talab qiluvçi huquq himoyaçilarining tobora kuçliroq bosimiga uçragan.
AQŞda ölim jazosi 28ta ştatda tatbiq qilinadi. U, şuningdek, federal darajada ham qonunlaştirilgan.
Ma'lumotlarga köra, avvalgi prezident Donald Tramp muddatining oxirgi oylarida AQŞda 13ta ölim jazosi ijrosi amalga oşirilgan. Bungaça mamlakatda 2020 yil iyulgaça 17 yil davomida federal darajada ölim jazolari ijro etilmay kelingan.
Joriy yilda AQŞda 3 nafar, 2020 yilda esa 17 nafar mahbus qatl etilgan. Ölim jazosi haqidagi axborot markazi ma'lumotlariga köra, 2020 yil oktyabrda AQŞda ölim jazosi ijrosini kutayotgan 2,5 mingdan köproq mahbus bölgan.












