“Amnesty International” xalqaro taşkilotining ma'lumotlariga köra, hozirgi paytda qiynoqlar va odamlarga nisbatan şafqatsiz muomala turlari jahonning kamida 140 ta mamlakatida qöllanilişi kuzatilmoqda.

Mutaxassislarning fikriça, qiynoq insonga uzoq muddatli psixologik ta'sirga ega bölgan, şaxs sifatida yöq qilişga qaratilgan xatti-harakat sifatida baholanadi. Jarohat, yaralarni şifokor davolaydi, biroq u qiynoq oqibatlarini tezda bartaraf eta olmaydi. Bunga ança köproq vaqt kerak. Qiynoqlarni boşdan keçirgan insonlar qalbidagi mana şu bitmas jarohat bilan uzoq yillar yaşaşga majbur böladilar, çunki bunday illatni unutiş qiyin va muşkuldir. Hattoki 30 yil ötgaç ham ularga hali-hanuz psixologik yordam kerak bölişi mumkin.

Şu jihatdan davlatimiz rahbarining kuni keça e'lon qilingan “Qiynoqqa soliş holatlarini aniqlaş va ularning oldini oliş tizimini takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori nafaqat uşbu illatni barvaqt aniqlaş, bartaraf etiş, balki qiynoqdan jabr körgan insonlarga har tomonlama yordam beriş va ularga yetkazilgan zararni kompensatsiya qilişga ham qaratilgani bilan ahamiyatli.

Şu paytgaça uşbu illatning oldini oliş va bartaraf etişda bu kabi maxsus hujjatlar qabul qilinmagan. Bu yana bir bor inson huquqlari himoyasi Özbekiston uçun muhim yönaliş ekanligidan darak beradi.

Şu örinda aytiş kerakki, qiynoq bu – jamiyat tanasidagi jirkanç kasallik. Uni davolaş uçun avvalo şaffoflik ta'minlanişi kerak. Çunki aynan şaffoflik – qiynoqlarning barvaqt oldini olişning ta'sirçan vositalaridan biri.

Qarorda nazarda tutilgan bir qator çoralar ham şunga qaratilgan. Ombudsman huzurida Qiynoq holatlarini aniqlaş va ularning oldini oliş böyiça jamoatçilik guruhlarining taşkil etilişi şular jumlasidan.

Şunisi e'tiborliki, jahon miqyosida köpgina davlatlar qamoqda saqlaş yoki majburiy uşlab turiş joylariga istalgan paytda borişlari mumkin bölgan yangi institutlar faoliyatini yölga qöydilar. Jumladan, Rossiyada bu – jamoatçilik kuzatuv komissiyalari bölsa, Braziliyada bu – ştatlar darajasidagi qiynoqlarning oldini oliş mahalliy qömitalari hisoblanadi, MDHning ayrim mamlakatlarida esa jamoatçilik monitoring guruhlari faoliyat körsatadi.

Qarorga köra, Özbekistonda Ombudsman ekspertlik guruhi negizida taşkil etilayotgan Jamoatçilik guruhlari tarkibiga Inson huquqlari böyiça Milliy markaz ekspertlari, tibbiyot xodimlari, nodavlat notijorat taşkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari vakillari jalb qilinadi.