Özbekiston mustaqillikka erişgaç, oradan 3 yil ötib muomalaga kiritilgan milliy valuta – söm respublikaning barça hududlarida yagona tölov vositasi sifatida amal qilib kelmoqda.

Milliy valutamizning muomalaga kiritilganiga 27 yil tölgani munosabati bilan uning rivojlaniş tarixi va söm haqidagi qiziqarli ma'lumotlarni taqdim qilamiz.

1994 yil 16 iyundagi «Özbekiston Respublikasining milliy valutasini muomalaga kiritiş töğrisida»gi farmonga muvofiq, 1994 yil 1 iyuldan boşlab Özbekiston hududida qonuniy tölov vositasi bölgan milliy valuta – söm muomalaga kiritildi.

Tarixga nazar taşlasak, söm eng qadimgi atamalardan biri bölib, Firdavsiyning «Şohnoma» asarida pul solingan qopça (xalta) ma'nosida qöllanilgan. XIV asrda Oltin Örda xonligida söm atamasi muayyan oğirlikdagi kumuş quymalarga nisbatan işlatilgan.

Mustaqillikning dastlabki yillarida mamlakatda sovet rubli pul birligi sifatida muomalada edi. 1992 yilning yanvaridan iste'mol bozorini himoyalaş va mahsulotlarni faqat Özbekiston fuqarolariga sotiş uçun bir martalik kuponlar bosib çiqarilgan. 1993 yilning 15 noyabrida söm-kupon muomalaga çiqarilgan. Şundan söng 1 hafta ötib –22 noyabrgaça gazeta qoğozida çop etilgan va taşkilotining muhri uriladigan kartoçkasi qirqib olinuvçi bir martalik kuponlar pul birligi sifatida muomalada bölgan.

Söm-kuponlar 9,5 oy muomalada bölib, 1994 yilning 1 iyulidan boşlab Özbekistonning milliy valutasi – söm muomalaga kiritilganidan söng ham, 1994 yilning 1 avgustiga qadar amal qilgan. 

Söm dastlab 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyinlik tangalar hamda 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 sömlik qoğoz kupyuralar bilan bir vaqtning özida muomalaga kirgan.

Uşbu qoğoz pullarning hammasi Germaniyaning «Giesecke & Devrient» firmasida çop etilgan. 1 söm 100 tiyinga maydalangan.

Aytiş joizki, söm muomalaga kiritilgan kunda valuta birjasida 1 AQŞ dollarining qiymati roppa-rosa 7 sömga teng bölgan.

200 sömlik banknotalar va boşqa keyingi barça kupyuralar Toşkentdagi «Davlat belgisi» DIÇB davlat korxonasida bosilmoqda.

Eng kiçik kupyura 1 sömlikning orqa tarafida – Toşkent şahridagi Alişer Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri, 3 sömlikda – Buxorodagi Çaşmai Ayyub maqbarasi, 5 sömlikda – Özbekiston Milliy boğidagi Alişer Navoiy şarafiga örnatilgan haykal va me'moriy kompozitsiya, 10 sömlikda – Samarqanddagi Göri Amir maqbarasi, 25 sömlikda – Samarqanddagi Şohi Zinda tarixiy-me'moriy ansambli, 50 sömlikda Samarqanddagi Registon tarixiy-me'moriy ansambli, 100 sömlikda – Toşkentdagi Xalqlar döstligi saroyi tasvirlangan.