Amerikalik harbiylarni Afğonistondan butunlay olib çiqiş töğrisida toliblar va AQŞ örtasida Donald Tramp prezidentligi davrida kelişuvga erişilgandi. Hozirgi prezident Jo Bayden Afğonistondagi amerikalik harbiylar olib çiqilişining sönggi muddatini belgiladi: jarayon 11 sentyabrgaça yakunlanişi kerak - şu kuni amerikaliklar Afğonistonga bostirib kirişiga sabab bölgan Nyu-York teraktlariga 20 yil töladi.

Amerikaliklarning Bagromdan ketişi barça sohalarga ta'sir körsatişi mumkin - milliy xavfsizlikdan tortib oddiy afğonlarning kundalik turmuş tarzigaça.

Masalan, endi Kobuldagi aeroportni kim qöriqlaşi hozirça ma'lum emas. Bu aeroport xalqaro diplomatik missiyalar faoliyati va strategik yuklarni yetkazib berişda muhim ahamiyatga ega.

Aeroport muhofazasini köp yillar davomida amerikalik harbiylar ta'minlab kelişgandi. Ayrim ma'lumotlarga köra, ular sentyabrga qadar ham Kobulda qolişadi, Vaşington hozirda bu funksiyani öz zimmasiga olişi mumkin bölgan hamkorni qidirmoqda. Xabar qilinişiça, bu masala yaqinda AQŞ va Turkiya prezidentlari örtasida muhokama qilingan, ammo hozirça muayyan kelişuvga erişilmagan.

Bagrom - 80 ming kişi yaşaydigan şahardir. BBC korrespondenti Liz Dyusetning yozişiça, şahar aholisi endi öz xavfsizligidan xavotirga tuşgan. Xususan, şahardagi qizlar maktabiga olib boruvçi yöl harbiy baza yonidan ötadi.

Baza hududi afğon xavfsizlik kuçlari nazoratiga ötdi, ammo mahalliy aholi ular uzoq vaqt toliblar hujumiga bardoş berib turişiga işonişmayapti. «Tolibon» harakati jangarilari amerikalik harbiylarning Bagromdan ketişini xursandçilik bilan qarşilaşdi, köplarning fikriça, ular endi bu bazani egallaş uçun hujum boşlaydi.

Aviabaza zamonaviy, yaxşi jihozlangan harbiy inşoot bölib, toliblar uni egallab olişga urinişi tabiiy. Bundan taşqari, uning hududida amerikaliklar terrorizmda gumonlagan şaxslar saqlab kelingan qamoqxona joylaşgan. Ayni vaqtda u yerda qança mahbus borligi ma'lum emas, ammo mahalliy aholini şunday savol öylantirmoqda - agar toliblar mahbuslarni çiqarib yuborsa, ular qayerga ketadi yoki ular şaharda qoladimi?