Sönggi kunlarda Özbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallaniş holatlari ortib bormoqda. Buni sönggi statistik ma'lumotlar ham tasdiqlamoqda. 27 iyun kuni 469 kişida, 28 iyun kuni 498 kişida, 29 iyun kuni 487 kişida, 30 iyun kuni 476 kişida, 1 iyul holatiga köra esa, 495 kişida koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. Kunlik kasallaniş holatlari barqaror ravişda 500 atrofida bölib turibdi. Şu nuqtayi nazardan, Soğliqni saqlaş vazirligi taklifiga asosan, Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan joriy etilgan tartib va çeklovlarga qöşimçalar kiritilgandi.

Real vaziyatdan kelib çiqib qaralganda, bu mantiqiy jihatdan töğri, albatta. Toşkent şahrida joylaşgan «Yoşlik» sport majmuasi yana kovid-markaz sifatida qayta oçilgani esa vaziyat yanada jiddiyligini körsatuvçi dalildir. Kunning istalgan paytida tez tibbiy yordam xizmatiga  murojaat qilsangiz, böş maşinalar deyarli yöqligini, ularning hammasi koronavirusga çalingan bemorlarni Zangiotadagi markazga taşiş bilan bandligini ta'kidlaşadi.

Xuddi şunday vaziyat oğirlaşayotgan paytda, amalga oşirilayotgan ba'zi holatlardan mantiq topişga soğlom inson aql-zakovati ojizlik qilsa kerak. Amalga kiritilgan çeklovlar va ötkazilişi töxtamayotgan festival va tadbirlar, jamoat transportida karantin talablariga rioya etilmasligi bir qança asosli e'tirozlarni yuzaga keltiradi.

Jamoat transportidagi holatlar

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga köra, 23 iyun kuni yönalişli avtobus haydovçilari (konduktorlari) va metro kuzatuvçilari niqobsiz bölgan şaxslarni transport vositalari saloniga çiqarmaslik majburiyatlarini olgan edi. Ayni paytdagi vaziyat şuni körsatmoqdaki, jamoat transportida ijtimoiy masofa saqlaşning deyarli iloji yöq. Metroga tuşayotgan yölovçilar faqat nazoratçi yonidan ötayotganidagina niqob taqişmoqda. Vagonga kirgandan keyin ularning yarmidan köpi bu talablarga umuman rioya qilişmayapti va bu nazorat qilingani ham yöq.