Aydar-Arnasoy köllar tizimida noqonuniy tarzda köp miqdorda baliq ovlanişining oldi olindi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, departamentning Aydar-Arnasoy köllar tizimi resurslaridan foydalaniş sohasida iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarşi kuraşiş bölimi tomonidan tadbir ötkazilgan. Jarayonda fuqaro A.X. va boşqalar ov qiliş taqiqlangan mavsumda noqonuniy usulda baliq ovlayotgani aniqlangan. Baliqçilardan 47 ta baliq, 4 dona motorli qayiq va 3 000 metr taqiqlangan «Leska» törlari aşyoviy dalil sifatida olingan.

Şuningdek, tadbirda uşbu fuqarolar tomonidan suv havzasiga taşlangan törlar kötarilib tekşirilganida, ularga 100 tadan ortiq baliq ilinganligi aniqlanib, suvga qöyib yuborilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 202-moddasi (hayvonot yoki ösimlik dunyosidan foydalaniş tartibini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.