Kunlar tobora isib bormoqda. Jaziramada insonning iştahasi pasayib, lohas bölib borişi tabiiy hol. Ammo kuni bilan sarf qilingan energiyaning örnini oziq-ovqat bilan töldirib turilmasa, mehnat faoliyati sustlaşib borişi mumkin. Öz örnida salomatlikni asraş uçun töğri ovqatlaniş tartibi haqida ham unutmaslik kerak. Xöş, bugungi issiq kunlarda qanday taomlangan ma'qul? Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati Toşkent tibbiyot akademiyasi Ovqatlaniş gigiyenasi va bolalar, ösmirlar gigiyenasi kafedra professori Guli Şayxovaga murojaat qildi.
— Albatta yoz kunlari iştaha pasayişi sababli köproq höl mevalar va xom holatdagi sabzavot hamda ulardan tayyorlangan salatlarni xuş körib iste'mol qilamiz.
Çunki bu mahsulotlarning köpçiligi çanqoqni qondiradi hamda organizmni kerakli mineral moddalar va vitaminlar bilan töyintirib boradi. Lekin ularning kaloriyasi kam va kuni bilan sarf qilingan quvvatning örnini bosa olmaydi. Organizmga esa doim oqsil moddalari zarur.
Buning uçun göşt va uning örnini bosuvçi ba'zi (dukkakli) mahsulotlar kunlik taomnomaga kiritilişi kerak. Ammo unutmaslik kerakki, qovurilgan, yoğli mahsulotlarning hazm bölişi ança qiyin. Şuning uçun göşt mahsulotlari qaynatilgan holatda bölişi va umuman yengil hazm böladigan göştli ovqatlarni iste'mol qilişni tavsiya qilamiz. Moşxörda, mastava, qaynatma şörva (yoğsiz), manpar va şunga öxşaş yengil hazm böladigan taomlarni yeyiş kerak.
Albatta, kabob (şaşlik)dan heç kim voz keçmasa kerak, ammo bu taomni sabzavotdan qilingan salatlar bilan iste'mol qiliş va uksus moddasini kamroq işlatiş lozim.
— Bu mavsumda ovqatlaniş tartibi qanday bölişi kerak?
— Yoz faslida ovqatlaniş tartibini biroz özgartiriş lozim. Nonuşta soat 7:00da qilinişi, unda oqsil, yoğ va uglevodlar oddiy kunlardagidan nisbatan köpaytirilişi lozim. Masalan: sut mahsulotlari (tvorog, qaymoq, sutli çoy), meva, sabzavot, suvda pişirilgan göşt va şunga öxşaş mahsulotlar iste'mol qilinişi kerak.
Tuşlikda yengil hazm böladigan birinçi taom, ya'ni moşxörda, mastava, manpar, suvda yoki buğda tayyorlangan kotletlardan iborat bölsa yaxşi bölardi.
Dasturxonimizda albatta sabzavot va mevalar, ulardan tayyorlangan salatlar, bodring, pomidor, piyoz, kök piyoz, kökatlar bölişi kerak. Höl mevalardan tayyorlangan şarbatlar tarkibida esa şakar imkon qadar umuman bölmasligi lozim. Yozning issiq kunlarida şör baliq, dudlangan göşt, konserva, tuzli mahsulotlarni iste'mol qiliş umuman tavsiya etilmaydi, çunki ular çanqaş holatini yanada kuçaytiradi.











