Qozoğistonning Qizilörda şahri yaqinida kiçik ölçamli An-2 samolyoti falokatga uçradi.

Qozoğiston favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lumotlariga köra, voqea samolyot soat 7lar atrofida Qizilördaning Qaraultöbe qişloğidan 12 km uzoqlikda guruç ekilgan maydonga işlov berayotganda yuz bergan. Samolyot bir neça kilometrlik parvozdan keyin texnik nosozlik sababli majburiy qönişga uriniş vaqtida yerga qulagan. 

Samolyotda 1954 va 1967 yillarda tuğilgan ikki uçuvçi bölgan. Ularga jiddiy jarohat yetmagan.

Samolyot “Ilisa” korxonasiga tegişli bölgan.

Ma'lumotlarga köra, ayni vaqtda Qozoğistonda turli maqsadlarda 290ta An-2 samolyotidan foydalaniladi.