SSV matbuot xizmati Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari — Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati boşliği Bahodir Yusupaliyevga murojaat qilib, bunday jazirama kunlarda oftob urmasligi uçun nima qiliş kerakligi, qanday kiyiniş va ovqatlaniş orqali issiqdan himoyalaniş mumkinligi haqida söradi.

Tez yordamga murojaat
Özbekiston aholisi bunday anomal issiq iqlim kunlarida zarurat sezganda, «103» xizmatiga murojaat qilib, tun-u kun sifatli tibbiy yordam olişlari mumkin. Respublika Şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi va uning xududlardagi 13ta filiali hamda 173ta tuman va şahar bölimlarida zarur dori-darmonlar bilan yetarli miqdorda töliq ta'minlangan. Bundan taşqari, uşbu holat yuzasidan Soğliqni saqlaş vazirligining alohida nazorati taşkil etilgan. Qolaversa, Soğliqni saqlaş vazirligining «1003» qisqa raqamli Sall-markazi faoliyat körsatmoqda.

Kuzatilayotgan bunday jazirama kunlarda birinçi navbatda boşni quyoş nuridan asraş muhim ahamiyat kasb etadi. Çunki boş miyadan katta arteriya, vena qon tomirlari ötgan bölib, kunning issiq vaqtida boş yalang yurganda boş qizib, butun tanada issiq qon aylanib, insonlarni oftob urişiga olib kelişi mumkin. 

Buning oqibatida tana harorati kötarilişi, teri qizarişi, holdan toyiş, nafas oliş va puls tezlaşişi, yurak tez urişi, boş oğrişi, boş aylanişi, köngil aynişi, qayt qiliş, huşdan ketiş holatlari kuzatilişi mumkin.

Bunday holatlarda qanday yordam körsatiladi?
Oftob urgan odamni darhol soya joyga yotqizib, ust-boşini yeçib, muzdek suvda höllangan çoyşab butun tanasiga öraladi, soçiqni muzdek suvga höllab boşiga qöyiladi. Böyin va qöltiq sohasiga muz xaltaçalari qöyilsa foydadan xoli bölmaydi. Bemorga oz-ozdan suyuqlik içiriladi va zudlik bilan tez yordam çaqiriladi. Tez yordam yetib kelgunga qadar yuqoridagi muolajalar davom ettiriladi.

Iloji boriça kunning birinçi yarmida boş kiyim kiygan holda sayr qiliş, kunlik ovqatlaniş ratsioni esa yengil hazm böladigan taomlar hamda meva va sabzavotlardan iborat bölişi, köproq suyuqlik iste'mol qiliş lozim. Kofe, şirin gazlangan suvlarni iste'mol qilmaslik maqsadga muvofiq böladi.

Qanday kiyiniş kerak?
Havoni yaxşi ötkazib, quyoş nurini qaytaradigan, keng tikilgan va tanaga yopişib turmaydigan kiyimlarni kiyiş tavsiya etiladi. Şuningdek, kiyim tanlaşda mato rangiga ham e'tibor beriş lozim. Çunki qora va jigar rang matodan tikilgan kiyimlar öziga issiqlik va quyoş nurini köp tortadi, oq rangli matodan tikilgan kiyimlar esa, issiq va quyoş nurini qaytariş xususiyatiga ega.