Samarqand şahrida «Spark» maşinasi piyodalar yölakçasidan ötayotgan ayolni urib yuborgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Samarqand şahrida joriy yil 4 iyul kuni soat 17:30larda 1993 yilda tuğilgan haydovçi X.T. boşqaruvida bölgan «Spark» maşinasida yöl-transport hodisasi sodir etgan.

Haydovçi Samarqand şahri, Rudakiy köçasi böylab Beruniy köçasi tomon harakatlanayotgan vaqtda piyodalar yölakçasidan ötayotgan, 1965 yilda tuğilgan D.M.ni urib yuborgan. Oqibatda, piyoda D.M. tan jarohati olib şifoxonaga murojaat qilgan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Samarqand şahar IIO FMB YHXB tomonidan tergovga qadar suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.