«Biz yaşaydigan Buloqboşi tumani ötgan qişni deyarli «svet»siz, gazsiz ötkazdik. Sovuq paytlar elektr tarmoqlari çeklov sabab elektrni öçirişayotganini aytişardi. Lekin Buloqboşida yozning jazirama kunlarida ham «svet» öçyapti.
2 iyul kuni ham tuman markazida kunduzi 3 soatga elektr ta'minoti töxtatildi. Muammoli holat issiq kunlarda, ayniqsa tadbirkorlarni qiynamoqda. Mahsulotlari aynib qolyapti, iş töxtayapti.
Tuman hududiy elektr tarmoqlariga aloqaga çiqsak, viloyatdan öçirişayotgani, çeklov borligini aytib izoh berişadi. Endi yoz kunlari ham elektrga çeklov qöyilyaptimi?» deyiladi şunday murojaatlardan birida.
Xuddi şu kabi xatlar Farğona viloyatining Uçköprik, Namangan viloyatining Yangiqörğon, Andijon viloyatining Andijon şahri va Oltinköl tumanlaridan ham kelgan.
Ayni paytda Özbekistonda anomal darajada issiq ob-havo öz hukmini ötkazyapti. Bunday paytda uylarni sovitiş, mahsulotlarni saqlaş uçun elektr har doimgidan köra zarurroq.
Farğona, Andijon va Namangan viloyatlari «Hududiy elektr tarmoqlari» korxonalari mutasaddilaridan muammoli holat yuzasidan izoh söradik.
Farğona «Hududiy elektr tarmoqlari» jamiyati rahbari Azizbek Saydaliyev:
«Hozirgi kunda Farğona viloyati hududida elektr energiyasi ta'minotida heç qanday çeklov yöq. Muammo şundaki, havo keskin isib ketişi oqibatida transformatorlar qizib ketmoqda. Ayniqsa, katta podstansiyalarda işlab turgan transformatorlarda yuklama ortişi tufayli qiziş holati yuzaga kelmoqda.
Transformatorlar içidagi öramni sovitib turuvçi yoğ qaynab ketayotgani sabab, ikki-uç soatga öçirib sovitişga töğri kelyapti. Transformatorlarda mavjud sovitiş tizimi va qöşimça «obduv» ham issiq havo haroratini kötara olmayapti. Uzilişlar sutkaning faqat kunduzgi soatlarida quyoş qattiq qizdirgan paytga töğri kelib, tungi soatlarda muammo yöq.
Qaysi hududga biriktirilgan transformatorda qiziş yuzaga kelsa öşa hudud öçiriladi. 3 iyul kuni Farğona şahrining ayrim hududlari ham öçirildi. Muntazam elektr energiyasi yetkazib berilişini nazoratga oliş uçun navbatçilik taşkil qilganmiz.
Bundan taşqari, rejali ravişda ta'mirlaş işlari olib borilayotgan liniyalarda elektr ta'minoti işlar yakunlanguniça berilmaydi», deydi A.Saydaliyev.

















