Çeçeniston rahbari lavozimiga nomzodlarni ilgari suriş muddati 8 iyulda yakunlanadi. Nomzodlar röyxatdan ötiş uçun 4 avgustgaça respublika saylov komissiyasiga tegişli hujjatlarni topşirişlari kerak böladi. 

23 iyunda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qodirov bilan videoanjuman şaklida ötgan işçi uçraşuv vaqtida unga yangi muddatga Çeçeniston rahbari lavozimi saylovlarida iştirok etişni taklif qilgan. Qodirov bunga javoban Putinning «sodiq askari ekani va uning har qanday buyruğini bajarişga tayyorligini» aytgan.

Çeçeniston rahbari saylovlari 2021 yil 19 sentyabrda bölib ötadi.

44 yoşli Ramzon Qodirov Çeçenistonga 2007 yildan beri rahbarlik qilib keladi. U respublika rahbari lavozimiga 2016 yil sentyabrda ötgan oxirgi saylovlarda 97,56 foiz ovoz töplagan. Bu körsatkiç 2000 yildan beri Rossiya regionlari rahbarlari saylovlarida töplangan ovozlar böyiça rekord hisoblanadi.

Bundan taşqari, Çeçeniston rahbari ayni vaqtda Rossiya regionlari rahbarlari orasida öz lavozimini eng uzoq vaqt egallab kelayotgan siyosatçi hisoblanadi.