«Biz Tojikiston bilan çegaraning 70 foizdan köproğini egallab oldik. Bizda döstona davlat – Tojikiston bilan yaxşi munosabatlar böladi. Çegarada xavfsizlik örnatiladi va heç qanday aralaşuv bölmaydi», deb aytgan Mujohid.

«Keça Badaxşonning katta qismini egalladik va çegarada hukumat tomonida harakat qilganlar u yerdan qoçdi. Natijada hudud bizning nazoratga ötdi. Ular bu hududlar ustidan nazoratni qölga kirita olmaydi. Nazoratimizdagi hududlarda barça yönalişlar böyiça muntazam kuçlarimiz bor. Dastlab ular qarşilik körsata olişmadi, hozir esa umuman qöllaridan heç narsa kelmayapti. Yaxşisi, muloqot yölidan boriş, qolgan muammolarni esa muzokaralarda hal qiliş lozim», deb qöşimça qilgan «Tolibon» vakili.

«Mozori-Şarif toliblarga beriladimi-yöqmi, hozir ayta olmayman, biroq xavfsizlik nuqtayi nazaridan u yerdagi elçixonalar, konsulxonalar va xorijiy diplomatlar xavfsizligi ta'minlanadi va ular uçun heç qanday muammo bölmaydi. Biz Mozori-Şarifda elçixonalari va konsulxonalari bor bölgan davlatlar bilan aloqada bölib turibmiz, ular bizga işonç bildirmoqda», deb aytgan Mujohid.

Uning ta'kidlaşiça, Afğoniston hukumati Qatarda ötayotgan muzokaralarni jiddiy qabul qilmayapti va ular davom etişini xohlamayapti.

«Muzokara olib boruvçi guruhimiz Qatarda qolmoqda va biz ular [hukumat] kelib, gaplaşişini kutmoqdamiz. Afsuski, ularning muzokara olib boruvçi guruhidan 4-5 kişigina muzokaralarda qatnaşdi, qolgan qismi esa Kobulda yoki yana boşqa joyda qolmoqda va muzokaralarga kelmadi. Vaholanki, ular muzokaralarda iştirok etişga bir neça marta va'da berişgandi, biroq kelişmadi. Muzokaralar esa 2-3 kun oldin boşlanib böldi», deb ta'kidlab ötgan «Tolibon» vakili.

Mujohidning aytişiça, toliblar Moskvada Afğonistonaro muzokaralar ötkaziş taklifi tuşsa, uni körib çiqişga tayyorlar.

Ayni vaqtda Afğonistonda hukumat qöşinlari va «Tolibon» jangarilari örtasida töqnaşuvlar bormoqda. Toliblar qişloq joylaridagi katta hududlarni egallab oldi va hozirda yirik şaharlarga yurişni amalga oşirmoqda.