“Biz viloyatlarga borganimizda hokimlardan taşabbuslar kutamiz. Maqsadimiz – yangi Özbekistonda odamlarni rozi qiliş, odamlar daromadini oşiriş. Bugungi rejamiz 44 ta tumanni uzumçilik böyiça tajriba sifatida tanlamoqçimiz. Uzumçilik sohasiga ham bevosita prezident e'tibor qaratayotgani bejizga emas.

Uzumçilik bu – xalqimizning asrlar davomidagi milliy dehqonçilik madaniyati, urf-odatlarimiz bilan bevosita boğlanib ketgan. Har bir hovlida uzum, işkom bölardi. Hatto Toşkent şahrida ham uzumzorlar bor edi. Xalqimizning husayni, toifi, Rizamat ota, kelinbarmoq va kişmiş kabi uzumlarining dovruği uzoq-uzoqlargaça tanilgan.

Sönggi tört yilda 52 ming gektar yangi tokzorlar taşkil etilib, sohaga 210 mlrd söm subsidiyalar ajratildi. Meva-sabzavotlar eksportida uzumning uluşi 2 baravarga köpaydi.

Bugungi kunda 90 ming gektar maydonda uzum yetiştirilib, soha 900 ming aholining doimiy va mavsumiy bandligini ta'minlamoqda.

Samarqand (30 ming gektar), Toşkent viloyati (13 ming g.), Surxondaryo (9 ming g.), Jizzax (7,5 ming g.), Qaşqadaryo (6,8 ming g.), Buxoro (6 ming g.), Namangan va Navoiy (4,5 ming gektardan) – uzumçilikda maydon jihatidan yetakçi hududlar hisoblanadi.

Jahon bozorida xöraki uzum savdosi mevalar içida uçinçi örinda bölib, har yili unga bölgan talab örtaça 350 mln dollarga ösmoqda (jami yillik eksport hajmi 10 mlrd dollar).

Agar tahlil qilsak, xöraki uzum böyiça eksport salohiyatimiz kamida 600 mln dollar (bu yil 200 mln dollar), mayiz – 500 mln dollar (bu yil 130 mln dollar). Bu biz uçun juda katta imkoniyatdir.

Yevropada 800 mln, Xitoy – 600 mln, Rossiya – 300 mln, Hindiston – 250 mln dollarlik eksport bozori mavjud. 1 gektar xöraki uzum yetiştiriş uçun örtaça 100 mln söm xarajat qilib, 4 yildan keyin yiliga 250 mln söm sof foyda olsa böladi.

Lekin, uzumçilik sohasida yillar davomida töplangan tajriba yildan yilga yöqotib borilmoqda. Xususan, ayrim hududlarda yirik tokzorlar maydoni sönggi tört yilda 7 ming gektarga kamaygan.

Misol uçun, Qaşqadaryoda 2,5 ming gektar, Namangan – 2,4 ming, Surxondaryo – 1,2 ming, Andijonda – 645 gektar maydon kamayib ketgan.

Mahalliy uzumlar hosildorligi Osiyoning boşqa davlatlariga nisbatan 1,5-2 baravarga kam. Bizda örtaça hosildorlik 1 gektarga 7-7,5 tonnani taşkil etsa, Turkiya, Xitoy, Eron va Hindistonda 21-24 tonnaga töğri keladi”, – prezident sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.