Qönğirot tumani IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi tayanç punktlari profilaktika inspektori, katta leytenant M.Jumaniyazovga Qönğirot tumanida yaşovçi fuqaro M.M. öziga nisbatan sodir etgan huquqbuzarligi böyiça hujjatlarni sudga yubormasdan ijobiy hal qilib beriş evaziga 1 million söm pullarni pora tariqasida taklif qilgan.
Qoraqalpoğiston Respublikasi IIV Axborot xizmati xabariga köra, holat yuzasidan profilaktika inspektori katta leytenant M.Jumaniyazov vazirlik rahbariyatiga bildirgi bilan murojaat qilgan.
Unga asosan mas'ul taşkilot xodimlari 3 iyul kuni tezkor tadbir ötkazgan. Unda M.M., katta leytenant M.Jumaniyazovning xizmat xonasida 930.000 (töqqiz yuz öttiz ming) söm pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, bundan oldin Nukusdagi «Progress» maktabi va tez tibbiy yordam markaziga işga kiritib qöymoqçi bölgan firibgar uşlangandi.
















