20 iyun kuni «J.P. Morgan» investitsiya banki «Özbekistonning quyoş kabi kötarilişi» nomli tahliliy hisobotini e'lon qildi.
Unga köra, respublika sönggi 20 yil içida Örta Osiyo, Şarqiy Yevropa, Yaqin Şarq va Afrika (CEEMEA) mamlakatlari orasida yuqori va barqaror ösiş sur'atiga erişa olgan sanoqli mamlakatlardan biri bölgan.
Hisobotda Özbekiston iqtisodiyoti 2021 yilda 8,1 foiz, 2022 yilda 6,3 foiz ösişga erişişi prognoz qilingan. Joriy yilgi iqtisodiy ösişga asosan quriliş va sanoat tarmoqlari hissa qöşadi.
Qayd etilişiça, 2016 yildan keyin davlat qarzi tez sur'atlar bilan ösişi kuzatilsa-da, budjet qonuni bilan davlat qarzining eng yuqori miqdori (YaIMga nisbatan 60 foiz) belgilangani va davlat qarzining 60 foizga yetişi ehtimoli pastligi qayd etilgan.
Kengayib borayotgan joriy operatsiyalar hisobi taqçilligining asosiy sababi sifatida iqtisodiy ösişni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan çoralar körsatilmoqda.
«J.P. Morgan» prognozlariga köra, oltin narxi 2022 yilga borib 1 ming 350 dollargaça tuşişi mumkin. Şu sababdan, Özbekiston joriy operatsiyalari hisobi taqçilligi 2021 yilda YaIMga nisbatan 4,5 foizni, 2022 yilda YaIMga nisbatan 8,5 foizni taşkil etişi prognoz qilinmoqda.
Ta'kidlanişiça, respublika suveren xalqaro obligatsiyalari narxlari makroiqtisodiy holatning yaxşilanayotganini aks ettiradi. Biroq içki kapital bozori kölamini kengaytiriş, daromadlilik egri çiziğini uzaytiriş zarurati va norezidentlar uçun mavjud çeklovlar ham qayd etilgan bölib, 2022 yildan içki kapital bozorida özgariş kutilayotgani ta'kidlangan.
Avvalroq, Jahon banki Özbekiston yalpi içki mahsulotining ösişi joriy yilda 4,8 foizgaça, 2022 yilda esa 5,5 foizgaça bölişini prognoz qilgandi.
















