Mazkur nosozlikni bartaraf etish ishlarini xavfsiz bajarish uchun stansiyaga gaz ta'minoti va Navoiy IESning 1-sonli bug‘-gaz qurilmasi hamda 8-, 9-son energobloklari vaqtincha to‘xtatilgan.
Gaz quvurida aniqlangan nosozlik soat 12:45 da bartaraf etilgan, quvurlar gaz bilan to‘ldirilib, soat 13:15 da Navoiy issiqlik elektr stansiyasiga tabiiy gaz yetkazib berila boshlangan.
Soat 16:09 da Navoiy issiqlik elektr stansiyasining bug‘-gaz qurilmasi va 8-, 9-son energobloklari umumiy tarmoqqa ulanib, elektr energiyasini yetkazib bera boshlangan.











