2009 yilda “Navoiy IES” AJ atrofida 150 gektardan ortiq yer maydoniga issiqxonalar qurilgan. O‘tgan yillar davomida bu issiqxonalarda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari nafaqat ichki bozorlarga yetkazib berildi, balki chet davlatlarga ham eksport qilindi. Ammo keyingi yillarda hududdagi tadbirkorlarning ishi orqaga keta boshladi, daromadi kamaydi, ko‘plari esa bu faoliyatini to‘xtatdi. Hatto ayrimlari bankrotlik holatiga tushib qoldi, qarzga botdi.

Buning sabablaridan biri sifatida 2018 yilda “Issiqlik ta’minoti” nomli MChJ tashkil etilib, tadbirkorlar va “Navoiy IES” AJ o‘rtasiga tushgani aytilmoqda.

Hududdagi 60ga yaqin tadbirkor qariyb 150 gektar issiqxona uchun issiqlik energiyasini “Issiqlik ta’minoti” MChJ orqali olishga majbur. MChJ esa “Navoiy IES” AJdan xarid qilgan issiqlik energiyasini ularga o‘zi istagandek ustama narx qo‘yib sotmoqda. MChJ 1 Gkal issiqlik energiyasi uchun belgilagan summa davlat tomonidan belgilangan miqdordan anchagina ko‘p.

Jumladan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining 2021 yil 31 iyuldagi 7-sonli bayonnomasiga ko‘ra, “Navoiy IES” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan 1 Gkal issiqlik energiyasining narxi 166 100 so‘m qilib belgilangan. “Issiqlik ta’minoti” MChJ esa 1 Gkal issiqlik energiyasini issiqxonachilarga 215 930 so‘mdan sotmoqda.

“Navoiy IES” AJ bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma qilishdan mahrum etilgan tadbirkorlar buning oqibatida 1 Gkal issiqlik energiyasiga 49 830 so‘m ortiqcha mablag‘ sarflayapti.

Masalan, “Mehriddin Aziz Sardor” MChJning 2,5 gektar issiqxonasi bor. MChJ rahbari Muhiddin Abdullayevning ma’lum qilishicha, 2020-2021 yilgi mavsumda u “Issiqlik ta’minoti” MChJga 1 Gkal issiqlik energiyasi uchun 191 550 so‘mdan jami 165 million so‘m to‘lagan. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining 2020 yil 29 iyuldagi 5-sonli bayonnomasiga ko‘ra, o‘sha mavsumda “Navoiy IES” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan 1 Gkal issiqlik energiyasining narxi 153 240 so‘m qilib belgilangan. Bu tadbirkor bir mavsumda o‘rtacha