AQŞning sobiq prezidenti Donald Tramp Facebook, Twitter, Google kompaniyalari hamda ularning rahbarlarini sudga berişini ma'lum qildi. U bu haqda Bedminster şahridagi çiqişida aytdi.

«Bugun America First Policy Institute taşkiloti bilan birgalikda yirik texnologik kompaniyalar, jumladan, Facebook, Google va Twitter hamda ularning boş direktorlari Mark Tsukerberg, Sundar Piçay va Jyek Dorsini sudga beraman. Biz Florida janubiy okrugi böyiça suddan ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini, Amerika xalqining şarmandalarça noqonuniy senzura qilinişi töxtatilişini söraymiz. Ular aynan şu iş bilan şuğullanmoqda, biz bunga çek qöyilişini talab qilamiz», dedi u.

Donald Tramp prezidentligining oxirgi haftalarida Twitter, Facebook va Instagram tarmoqlarida öz fikrini bildirişdan mahrum bölgandi.

Iyul oyi boşida Tramp jamoasi Gettr deb nomlangan yangi ijtimoiy tarmoqni işga tuşirdi.

Dastur ta'rifida uning maqsadi «bekor qiliş madaniyatiga va ijtimoiy tarmoqlarda monopoliyalarga qarşi kuraş, teran ongni ilgari suriş, söz erkinligini himoyalaş hamda ğoyalarning haqiqiy bozorini yaratiş» ekani aytilgan.

Ijtimoiy tarmoqni rivojlantiriş bilan Trampning sobiq vakili Jyeyson Miller şuğullanadi.