AQŞning sobiq davlat kotibi Jon Kerri kelasi haftada Moskvaga taşrif buyuradi, deb xabar berdi RBK öz manbalariga tayanib.

AQŞ prezidenti Jo Bayden Kerrini iqlim masalalari böyiça maxsus vakil lavozimiga tayinlagandi. RBK manbalarining sözlariga köra, Kerri Moskvada Rossiya prezidentining xalqaro taşkilotlar böyiça maxsus vakili Anatoliy Çubays bilan uçraşadi. 13 iyul kuni esa Rossiya prezidentining iqlim masalalari böyiça maxsus vakili Ruslan Edelgeriyev bilan uçraşuv ötkazilişi rejalaştirilgan. 

Jon Kerri AQŞ davlat kotibi lavozimida işlagan vaqtida Rossiyaga bir neça marta kelgan.

22–23 aprel kunlari AQŞ prezidenti taşabbusi bilan virtual şaklda global iqlim sammiti ötkazildi. Unda 40 mamlakat rahbarlari qatnaşdi.