“Farğona-Vodil” yönalişida tegişli hujjatlari bölmagan 83 dona uyali aloqa vositalarining noqonuniy savdosi oldi olindi.” – deya xabar bermoqda viloyat bojxona boşqarmasi axborot bölimi.

Ma'lum bölişiça, Farğona viloyati bojxona boşqarmasi Kontrabandaga qarşi kuraşiş va bojxona auditi bölimi xodimlari tomonidan oldindan olingan ma'lumotlar asosida tezkor tadbir ötkazilgan.

Tadbir davomida çegara oldi hududdan harakatlanayotgan fuqaro U.D. boşqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi kuzatuvga olinib, Farğona şahri markazida mazkur avtomaşinadagi 1 dona qora sellofan paketni fuqaro A.A.ga berayotgan vaqtida töxtatilgan. Tsellofan paket xolislar iştirokida közdan keçirilganida, içida xorijda işlab çiqarilgan va bojxona rasmiylaştiruvidan ötganligini tasdiqlovçi hujjatlari bölmagan, qiymati 81,5 mln sömlik 83 dona uyali aloqa vositalari va telefon aksessuarlari borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, “Farğona” çegara bojxona postidan ötgan yölovçida deklaratsiyada körsatilmagan 25 800 AQŞ dollari borligi aniqlanib, holat yuzasidan suriştiruv işlari olib borilayotgani haqida xabar berilgan edi.