Germaniyada uyali aloqa operatorlari işida keng kölamli nosozlik yuz berdi. Bu haqda 17 noyabr, payşanba kuni Bild naşri xabar qildi. 

Naşr turli resurslar işidagi nosozliklarni kuzatuvçi Allestörungen portaliga tayanib, Germaniyaning deyarli barça uyali aloqa operatorlari muammolarga duç kelganini qayd etdi. Xususan, ularning mijozlari qönğiroq qiliş imkoni yöqligini ma’lum qilişdi. 

Abonentlar şikoyati statistikasiga köra, muammolar haqidagi xabarlarning aksariyati, ya’ni 19 mingdan ortiği O2 operatori abonentlaridan kelib tuşgan. Kompaniya Twitter sahifasida nosozlikni tasdiqladi va muammoni bartaraf etiş ustida iş olib borilayotganiga işontirdi. 

Bild naşrining yozişiça, muammo sababi hozirça ma’lum emas.