BAA poytaxtida Deep Dive Dubai deb nomlangan dunyodagi eng çuqur basseyn oçildi. Uning çuqurligi 60 metr bölib, basseynni töldiriş uçun kamida 14 mln litr suv ketadi, deb yozadi The National News.
Uning taşqarisida taşrif buyuruvçilar uçun 80ta örindiq va bir neçta tomoşa maydonçalari joylaşgan.
Basseyn çuqur şaxtaga ega bölib, akvalangçilar «Suvosti şahri»da sayohat qilişlari mumkin.
Basseynda xonalar va kabriolet, öyin avtomatlari va bilyard stoli bor. Bundan taşqari, ikkita qavatda suvsiz xonalar va 56ta kamera joylaşgan.
Deep Dive Dubai basseyni NASA işlab çiqqan texnologiyalar bilan jihozlangan.












