Özbekiston Moliya vazirligi yangilangan “Oçiq budjet” axborot portalini işga tuşirdi.
Bu orqali hududlardagi muammo va kamçiliklar bevosita hudud aholisining talabi bilan bartaraf etiladi.
Fuqarolar “Oçiq budjet” portaliga öz mahalla yoki tumanidagi muammoni yozib joylaştirişi mumkin, eng köp ovoz töplagan masalalarga mahalliy budjet mablağlarining muayyan qismi ajratiladi.
Moliya vaziri Timur Işmetovning aytişiça, fuqarolar faolligi öz muammolari yeçim topişidagi eng muhim masaladir.

“Fuqarolarga bu portalda nafaqat budjet mablağlari töğrisida, balki soliq, budjet siyosati, davlat taşkilotlari va turli jamğarmalar mablağlarining işlatilişi haqida ma'lumotlarni oliş, özlarini qiynab kelayotgan masalalarni hal qiliş uçun budjet jarayonida qatnaşiş orqali tegişli mablağlarni talab qiliş imkoniyati yaratilgan.
Birinçi qadam sifatida mahalliy budjetlar daromadlarining har çorakda daromadlar rejasidan ortiq bajarilgan qismidan (qöşimça daromad) 10 foizi faqatgina şu hududda fuqarolar kötargan masalalarga, ularning muammolarini hal qilişga işlatiş tartibi işlab çiqilgan.
Bu yil ikkinçi qadam qöyildi. Budjet mablağlarini işlatişda fuqarolar faolligini oşiriş maqsadida töğridan töğri ularning muammolarini hal qilişga yordam beradigan ikkita özgariş böldi.
Birinçidan, mahalliy budjetlarning 10 foiz emas, bundan buyoğiga 30 foizi fuqarolar ilgari surgan taşabbuslarga işlatiş, ularning muammolarini hal qilişga sarflanadi.
Şu bilan birga, ayrim tumanlarda qöşimça daromad judayam kam böladi. Ya'ni bunga boğliq bölib qolmaslik uçun mahalliy budjet xarajatlarining 5 foiz qismini faqatgina aholi bildirgan muammolarni hal qilişga işlatiş böyiça loyihani boşlaş topşiriği berilgan. Bu yönalişda har bir viloyatda bittadan tuman pilot sifatida tanlab olingan. Qöşimça daromad bölişi yoki bölmasligidan qat'i nazar, ajratilgan 5 foizni aholi kötargan masalalarga yönaltirişni ta'minlaymiz.
Loyiha deganimda, qanaqadir katta loyihalarni nazarda tutmadim. Masalan, kimningdir tumanida biror boğçani, yöl yoki köprikni ta'mir qiliş zarur bölişi mumkin. Bu odamlar uçun judayam katta muammo tuğdiradigan, lekin davlat miqyosida tezda hal qilsa böladigan nisbatan arzimagan pullar bilan yeçim topadigan jarayon hisoblanadi.












