Juno7 naşrining xabar berişiça, delegatsiyaga AQŞ prezidentining maxsus yordamçisi Xuan Gonsales va AQŞ davlat kotibining Ğarbiy yarimşar işlari böyiça yordamçisi örinbosari Laura Loxman kiritilgan.

Amerikalik diplomatlar Haiti boş vaziri vazifasini bajarib kelayotgan Klod Jozef va senat tomonidan vaqtinça prezident etib e'lon qilingan Jozef Lamber bilan uçraşadi. Delegatsiyaning qolgan a'zolari haqida hozirça ma'lumot yöq.

Ayni vaqtda Haitida uç kişi prezident lavozimiga da'vogarlik qilmoqda.

Jovenel Moiz 7 iyulga ötar keçasi öz qarorgohida öldirildi. Hujum vaqtida uning rafiqasi Martin Moiz yaralangan. Hozirda u AQŞda davolanmoqda.