Navoiy davlat pedagogika institutiga öqişga kiritib qöyişni va'da qilib, fuqarodan 2000 AQŞ dollari olgan öqituvçi uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi Departament hamda DXX Navoiy viloyati boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, Navoiy davlat pedagogika instituti katta öqituvçisi A.X. uşlangan. U fuqaro S.ni «Musiqa ta'limi» yönalişi böyiça ötkaziladigan kiriş amaliy imtihonlaridan muvaffaqiyatli ötişini tanişlari orqali ijobiy hal qilib beriş evaziga yaqin qarindoşi T. orqali 2 000 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan olganligi aniqlangan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Buxoroda 2 500 dollar evaziga fuqaroni OTMga öqişga kiritmoqçi bölgan öqituvçi uşlandi
Buxoroda 2 kişini OTMga öqişga kiritib qöyişini aytib, 4 ming dollar olayotgan şaxslar uşlandi











