Ukraina Yevropaning eng qaşşoq mamlakati hisoblanadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Kreml saytida joylaştirilgan ruslar va ukrainlarning tarixiy birligi töğrisidagi maqolasida aytilmoqda.

«XVJning ma'lumot berişiça, 2019 yilda, koronavirus epidemiyasiga qadar Ukrainada YaIM darajasi jon boşiga 4 ming dollardan kamroqni taşkil etgan. Bu Albaniya, Moldova va tan olinmagan Kosovo Respublikalaridan ham past. Hozirda Ukraina – Yevropaning eng qaşşoq mamlakati», — deyiladi maqolada.

Putinning qayd etişiça, Ukraina va Rossiya asrlar davomida yagona iqtisodiy tizim sifatida rivojlanib kelgan.

«Bundan 30 yil avvalgi hamkorligimizga bugun Yevroittifoq mamlakatlari hasad qilişi mumkin edi», — deb yozadi u.

Uning sözlariga köra, Rossiya va Ukraina – tabiiy, bir-birini töldiradigan iqtisodiy hamkorlar hisoblanadi. 

Eslatib ötamiz, 30 iyun kuni Vladimir Putin rossiyaliklar bilan töğridan töğri efirda ukrainlar va ruslarni bir xalq, deb hisoblaşini, bu haqda alohida maqola yozişini aytgandi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidentining bu fikriga qöşilmagan, «Keling, hammasiga nuqta qöyaylik. Biz bir xalq emasligimiz aniq», degandi «Interfaks-Ukraina» agentligiga bergan intervyusida.