Apple qurilmalari egalari WhatsApp messenjerida özi öçib ketadigan xabarlar jönatiş imkoniyatiga ega böladi. View Once (Bir marta kör) funksiyasi messenjerning 2.21.140.9 beta-versiyasida paydo böldi, deb yozadi Wabetainfo.
Qayd etilişiça, View Once funksiyasi şaxsiy va guruh yozişmalarida işlaydi. Yozişma vaqtida jönatilgan xabar foydalanuvçi bir marta körganidan söng öçib ketadi.
Şu bilan birga, xabar öçib ketguniga qadar ekrandan skrinşot oliş mumkin böladi. Bunda xabarni jönatuvçi skrinşot olinayotganidan xabardor qilinmaydi.
Şuningdek, WhatsApp dasturçilari foto va videolarni hajmini kiçraytirmasdan jönatiş funksiyasi ustida iş olib bormoqda.












