Buxoroda fuqaroni öqişga kiritib qöymoqçi bölgan universitet öqituvçisi va uning şerigi qölga olindi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, fuqaro S.A. Buxoro davlat universiteti öqituvçisi B.O‘. bilan oldindan til biriktirib, fuqaro R.ni vakolatli tanişlari orqali uşbu ta'lim muassasasiga öqişga kiritib qöymoqçi bölgan. Departamentning Buxoro şahar bölimi hamda DXXning Buxoro viloyati boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda firibgarlar uşbu “xizmati” uçun fuqaro Ş. orqali 4 000 dollar olganda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Oldinroq Buxoro davlat universiteti maktabgaça ta'lim kafedrasi öqituvçisi fuqaroni magistratura yönalişiga öqişga kiritiş uçun 2 500 dollar olayotganda uşlangandi.
















