Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru şifoxonaga yotqizildi. Mamlakat prezidenti matbuot xizmatining xabariga köra, u 14 iyul kuni qornida oğriq turişidan şikoyat qilganidan söng Braziliya poytaxtidagi harbiy hospitalga yotqizilgan. 

Qayd etilişiça, prezident ma'muriyati şifokorlari "hiqiçoq sababini aniqlaş" maqsadida uni şifoxonaga yotqizişga qaror qilgan.

Avvalroq Bolsonaru implant tişlar qöydirganidan keyin töxtovsiz hiqiçoq tutayotganidan şikoyat qilgan.

Bolsonaruning soğligi bilan boğliq muammolar saylovoldi kampaniyasi davrida boşlangandi. 2018 yil kuzida tarafdorlari oldida çiqiş qilayotgan vaqtida unga noma'lum şaxs hujum qilgan va qorniga piçoq tortgandi. Öşanda Bolsonaru birinçi jarrohlik amaliyotini ötkazgan, undan keyin yana uç marta jarrohlik stoliga yotgan.