Polşa qurol sotib oliş haqidagi kelişuv doirasida AQŞdan eng oxirgi avloddagi 250ta “Abrams” tankini oladi.
“Bizning vazifamiz ehtimoliy agressorni töxtatişdan iborat. Va biz bu agressor kimligini yaxşi bilamiz”, — deb aytgan matbuot anjumanida Polşa mudofaa vaziri Mariuş Blaşçak.
Uning ta'kidlaşiça, tanklar Polşaning şarqiy çegaralarini mustahkamlaşga yordam beradi. Ular Polşaga 2022 yilda yetkazib berilişi kutilmoqda.
Jangovar texnika AQŞ bilan tuzilgan kelişuv doirasida olinadi. Uşbu kelişuvning qiymati 6 mlrd dollarga yaqinni taşkil qiladi. Tanklar bilan birga boşqaruv, evakuatsiya, qöllab-quvvatlaş maşinalarini, öquv paketlarini sotib oliş ham rejalaştirilgan.
“Albatta, bu biz xalqaro xavfsizlik sohasida töqnaş kelayotgan tahdidlarga munosabatimiz hisoblanadi”, — deb qöşimça qilgan Blaşçak.
Ta'kidlanişiça, hozirda polşalik harbiylar ixtiyorida Leopard 2A5, Leopard 2A4, PT-91 Twardy, T-72M tanklari bor.
May oyida Polşa Turkiyadan 24ta zarbdor dron sotib olişini e'lon qilgandi. U şu tariqa NATOning turk dronlarini sotib oladigan ilk davlati böladi.












