Albatta, qonunçilikda jazodan qutulib qoliş imkoni ham taqdim etilgan. Bunda fuqaro qurilmasini öz ixtiyori bilan mutasaddi idoralarga topşirişi lozim böladi.

Şu bilan birga, istisno holatlari va dronlarni vaqtinça olib kiriş tuşunçasi ham mavjud.

Kun.uz'ning “Bojxona qoidalari” körsatuvi navbatdagi sonida dronlarni Özbekistonga vaqtinça yoki doimiy olib kiriş tartibi haqida söz boradi. Mavzu yuzasidan Davlat bojxona qömitasi katta inspektori Aminjon Mahmudov ma'lumot berdi.

“Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 26 noyabrdagi 322-sonli qarori qabul qilingan. Unga köra, uçuvçisiz uçiş moslamalari, ya'ni dronlarni olib kiriş tartibga solingan.

Dronlarni Özbekiston hududiga olib kiriş, realizatsiya qiliş va undan foydalaniş taqiqlangan. Lekin, istisno holatlari ham mavjud.

Masalan, “Geoinnovatsiya markazi” DUK tomonidan yer resurslari, geodeziya, kadastr, rel'yeflarni tasvirga oliş işlarini amalga oşiriş böyiça bu qurilmalarni respublikaga olib kirişga ruxsat berilgan. Bundan taşqari, Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida bu kabi moslamalardan foydalanişga ruxsat beriladi.

Şuningdek, bojxona amaliyotida vaqtinça olib kiriş degan termin ham mavjud. Bu holatda dronlar olib kiriladi va ma'lum bir maqsadda foydalanilgandan söng, qaytarib olib çiqib ketiladi.

Quyidagi taşkilotlarga istisno tariqasida dronlarni vaqtinça olib kirişga ruxsat berilgan:

  • Turizm va sport vazirligi;
  • Kinemotografiya agentligi;
  • Madaniyat vazirligi.

Uşbu vazirlik va taşkilotlar tomonidan ma'lum hududlarda film oliş yoki tarixiy obidalarni tasvirga tuşiriş maqsadida vaqtinçalik olib kirişga ruxsat berilgan. Ammo bunda ba'zi bir şartlar bor.

Mudofaa vazirligi hamda aviaxavfsizlik böyiça qömitani ogohlantirgan holda, uşbu idoralarga dronlar kim tomonidan olib kelinişi, qayerda foydalanilişi va unga javobgar şaxslar böyiça ma'lumotlar taqdim etiladi.

Dronlarni olib kiruvçi şaxslar ularga şaxsan javobgar hisoblanadi. Bunda vakolatli organlar – IIV, DSQ, DBQ, DXX va boşqa mutasaddi taşkilotlar tomonidan uni nazorat qiliş belgilab berilgan.