AQŞning Afğoniston böyiça maxsus vakili Zalmay Xalilzod Özbekistonga taşrif buyurib, «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy boğliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» xalqaro konferensiyasida iştirok etmoqda. Tadbir oldidan u mahalliy va xorijiy OAV vakillari bilan uçraşdi.

Kun.uz muxbiri diplomatdan Afğonistonda toliblar tomonidan ta'qib etilayotgan, AQŞ hukumatiga xayrixoh bölgan va bugun xavf ostida qolganlarni qöşma ştatlarga evakuatsiya qiliş masalasi borasida söradi.

«Albatta, bu haqda prezident Bayden ham, Kongress ham gapiryapti, bu masala doimiy muhokamalar mavzusi bölib turibdi. AQŞga xayrixoh bölgan va ayni paytda özini xavf ostida sezayotgan Afğoniston fuqarolarini bosqiçma-bosqiç AQŞga köçiriş ustida işlanmoqda.

Faqat ularga vizalar beriş, kerakli hujjatlarni rasmiylaştiriş bilan boğliq jarayonlarga vaqt kerak. Qolaversa, bu fuqarolar ma'lum muddat uçinçi davlatda bölişlari lozim», – deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Zalmay Xalilzod öz safari davomida Qatar va Pokistonga ham taşrif buyurişi rejalaştirilgan.