Suriya prezidenti Başar Asad davlat rahbari sifatida törtinçi marta qasamyod qildi. Uning inauguratsiya marosimi Qasraş-Şaab saroyida bölib ötdi.
Marosimda parlament va hukumat a'zolari, harbiy va diniy rahbarlar, madaniyat va jamoat arboblari qatnaşdi, deb xabar bermoqda SANA agentligi.
Asad öng qölini Qur'on kitobiga qöygan holda konstitutsiyaning yettinçi paragrafiga muvofiq qasamyod matnini öqib eşittirgan.
“Mamlakat konstitutsiyasini, uning qonunlari va respublika tuzumini hurmat qilişga, xalq manfaatlarini himoya qilişga va uning erkinligini hurmat qilişga qudratli Alloh nomi bilan qasamyod qilaman”, degan u.
Asad inauguratsiya nutqida mamlakat hududida ön yildan buyon davom etayotgan harbiy nizo bilan boğliq qiyinçiliklarni yengişda matonat körsatib kelayotgan suriyaliklarga minnatdorlik bildirgan.
27 may kuni Suriya xalq kengaşi raisi Hammuda Saboğ 26 may kuni bölib ötgan prezident saylovida Asad 95,1 foiz saylovçilarning ovozini olib ğolib bölganini ma'lum qilgandi.
Mamlakatda prezidentlik vakolati muddati yetti yilni taşkil etadi. Avvalgi saylov 2014 yilda ötkazilgan, unda Başar Asad 88,7 foiz ovoz olgandi.












