Kogon tumani Örtaçöl mahallasida ulfatçilikdan kelib çiqqan qotillikda bir fuqaro vafot etdi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, joriy yilning 15 iyul kuni Kogon tumanining Örtaçöl mahallasida yaşovçi, 1966 yilda tuğilgan H. J. mahalladoşi B. S. va Buxoro tumani Şeyxonça mahallasida yaşovçi, 1966 yilda tuğilgan O‘. A. bilan birgalikda spirtli içimlik iste'mol qilgan. Ulfatçilik özaro kelişmovçilik natijasida janjalga aylangan. H. J. mast holatda O‘. A.ning turli joylariga oşxona piçoğini sançib, unga oğir tan jarohati yetkazgan. Oqibatda jabrlanuvçi voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan H. J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qotillik) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, ayblanuvçiga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan. Hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oldinroq Buxoroda 51 yoşli fuqaro ota va öğil qöşnisini piçoqlagandi.