Toşkentda davom etayotgan xalqaro konferensiyada Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlud Çovuşöğli mamlakatlarni qadimiy Buyuk ipak yöli böylab transport koridorlarini qayta tiklaş orqali hamkorlikni çuqurlaştirişga çaqirdi.
Çovuşöğli hududdagi xavf va tahdidlarga qarşi birgalikda kuraşiş samarali ekanligini ta'kidladi. Şuningdek, u turk harbiylari koalitsiya kuçlari Afğonistondan çiqib ketgaç ham qolişiga urğu berib ötdi.
«Turkiya Afğoniston, Ozarboyjon, Gruziya, Eron va Pokiston iştirokida uç tomonlama muloqot mexanizmini olğa surib, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirişga intiladi. Rasmiy Anqara birodar afğon xalqi manfaatlari uçun Kobuldagi xalqaro aeroportning xavfsizligini ta'minlaş va boşqariş tayyor», dedi Turkiya taşqi işlar vaziri.
Şuningdek, Turkiya taşqi işlar vaziri konferensiya doirasida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan, Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani bilan, AQŞning Afğoniston böyiça maxsus vakili Zalmay Xalilzod bilan, Afğoniston taşqi işlar vaziri Muhammad Hanif Atmar va boşqa köplab xorijiy davlatlar rasmiylari bilan uçraşdi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning may oyi oxirlarida AQŞ va Turkiya prezidentlari Jo Bayden va Rajab Toyyib Erdöğan NATOning Afğonistondagi missiyasi yakunlanganidan söng turk harbiylari Kobul aeroporti xavfsizligini ta'minlaşi böyiça kelişuvga erişgandi.














