Sirdaryo, Toşkent va Farğona viloyatlarida öqişga kiritişini aytib, fuqarolardan pul olgan şaxslar uşlangan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyat boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.J. boşqa bir fuqaroni Özbekiston Davlat Jismoniy tarbiya universitetiga yuqori lavozimda işlovçi tanişi orqali öqişga kiritib qöyiş evaziga 4 500 dollar olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Departament va DXX Toşkent viloyat boşqarmalari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.Yo. boşqa bir fuqaroni özining vakolatli taşkilotlarda işlovçi tanişlari orqali Qozoğistondagi OTMga öqişga kiritib, 2-kursdan Özbekistondagi oliygohga köçirib berişi evaziga fuqaro Ş.X.dan 5 800 dollar olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Departament va DXX Farğona viloyat boşqarmalari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, Farğona Davlat universiteti talabalari X.M. va Ş.T. yuqori lavozimli tanişlari orqali fuqaro M.B.ning öqişini xorij universitetidan FarDUga köçirib beriş hamda ikki kişini FarDUning sirtqi bölimiga öqişga kiritib qöyişni va'da qilib, 10 000 dollar olgan vaqtida qölga olingan.
Şuningdek, Farğona şahridagi «S» öquv markazi öqituvçisi E.A. fuqaro M.B.ning öqişini xorij universitetidan köçirib beriş hamda ikki kişini öqişga kiritişni aytib, evaziga 8 000 dollar olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Qayd etilişiça, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168–moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Jizzaxda ikki kişini 18 ming dollar evaziga öqişga kiritmoqçi bölgan şaxslar uşlandi
Samarqandda öqişga kiritiş uçun fuqarodan 7000 dollar olgan şaxs uşlandi











