UzbekLife dunyo mamlakatlari viza tartibi haqida ma'lumot berişda davom etadi. Mazkur maqolada Eron Islom Respublikasi vizasini oliş jarayoni haqida batafsil töxtalamiz.

Eron vizasining öziga xos xususiyatlari

Eronga taşrif buyurişni istagan sayyohlarning aksariyati elçixonadan yoki Eronga uçib kelgaç viza olişlari kerak böladi. Eron hukumati turizmni kuçaytiriş maqsadida 60 dan ortiq mamlakat fuqarolari uçun vizadan voz keçiş dasturini joriy etişni rejalaştirayotgan bölsa-da, hali bu amalga oşirilmadi.

Eron vizasini oliş şakllari

Eronga kirişni istagan har kim (bir neçta davlatlar fuqarolari bundan mustasno) öz mamlakatidagi Eron elçixonasi yoki konsulligiga murojaat qilib yoki Eronga kelgaç, aeroportda viza olişi zarur. Özbekiston Respublikasi Eron bilan vizasiz rejim amal qiladigan davlatlar qatoriga kirmaganligi sababli mamlakatimiz fuqarolari Eronga taşrif buyuriş uçun Eron Islom Respublikasining Özbekistondagi elçixonasiga murojaat qilişlari kerak.

Erondagi homiy va taklif xati

        Eron vizasiga murojaat qiliş uçun Eronda sizga taklif xati (Letter of Invitation) yuboradigan homiy bölişi kerak. Taklif xatini olganingizdan söng siz uni kerakli hujjatlar bilan birga mamlakatingizdagi Eron elçixonasi yoki konsulligiga topşirişingiz mumkin.

Eron vizasi taklif xati (Eron viza kodi)

Agar siz Eronga sayyohlik maqsadida taşrif buyurayotgan bölsangiz, u yerdagi sayyohlik agentligi yoki sizni kutib oladigan döstingiz, qarindoşingiz bilan boğlanişingiz lozim. Agar iş yuzasidan sayohat qilayotgan bölsangiz, siz taşrif buyurayotgan kompaniya sizning taklif xatingizni rasmiylaştirişi mumkin.

Uşbu jarayon quyidagiça keçadi: Eronda joylaşgan sayyohlik agentligi, uy egasi yoki kompaniya Eron Taşqi işlar vazirligiga ariza yuboradi. Agar TIV arizani qabul qilsa, ular sizga viza kodini yuborişadi. Siz bu kodni Eron elçixonasi yoki konsulligiga boşqa barça kerakli hujjatlar bilan birga topşirasiz.

Eron viza kodini oliş uçun siz özingiz ham Eron taşqi işlar vazirligining rasmiy veb-saytida  ariza qoldirişingiz mumkin.