Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru 4 kunni şifoxonada ötkazgandan keyin u yerdan çiqarildi. U içak ötkazmasligi taşxisi bilan şifoxonaga yotqizilgandi. Şifokorlar uning soğliği ortidan nazoratni ambulator ravişda davom ettirişadi.
“Ertadanoq prezident vakolatlarini bajarişga qaytaman. Men parhez saqladim va barça tavsiyalarni bajardim. 10 kundan keyin bemalol qovurilgan qovurğalarni va umuman istagan narsamni yeya olaman, deb umid qilaman”, deb aytgan Bolsonaru jurnalistlarga.
Braziliya prezidenti soğliğidagi muammolar 3 yil avval boşlangan. 2018 yilda u saylovoldi namoyişlaridan birida piçoq zarbasidan yaralangandi. Piçoq içakni qon bilan ta'minlovçi arteriyani şikastlagan. Öşandan beri unda bir neçta jarrohliq amaliyoti ötkazilgan.












