Mehnat kodeksining 121-moddasiga binoan, bayram (işlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik iş (smena) muddati barça xodimlar uçun kamida bir soatga qisqartiriladi.

Ertaga, 20 iyul kuni - Qurbon hayiti, Mehnat kodeksi 131-moddasiga binoan işlanmaydigan kun hisoblanadi. Şu tufayli, 19 iyul kuni barça xodimlar odatdagidan 1 soat ertaroq uyga ketişga haqli.

Eslatib ötamiz, Özbekiston prezidentining 2021 yil 10 maydagi PF–6222-son farmoni bilan 2021 yil 21–22 iyul kunlari dam oliş kunlari sifatida belgilangani, şuningdek prezident qarori bilan 2021 yil 20 iyul kuni Qurbon hayiti bayrami etib belgilanişi natijasida özbekistonliklar Qurbon hayiti munosabati bilan ketma-ket 3 kun (20 – 22 iyul) dam oladigan böldi.