Moliya vazirligi tomonidan «Oçiq budjet» axborot portalining yangi talqini test rejimida işga tuşirildi.

Portalda «Taşabbusli budjet» bölimi bölib, unda respublikadagi barça tuman va şaharlar aholisi öz mahallasidagi mablağ bilan hal qilinadigan muammoni yozib qoldirişi mumkin.

Vazirlik axborot xizmatiga köra, portalga ayni paytgaça kelib tuşgan taşabbuslar soni 3 123tani taşkil etdi. Talablarning asosiy qismi içimlik suvi, yöl ta'mirlaş, elektr va internet muammolari yeçimi böyiça böldi. 

Ma'lumot uçun, 2021 yilda «Taşabbusli budjet» loyihasiga har bir tuman yoki şaharga mahalliy budjet daromadlarining 30 foizi ajratiladi. Şuningdek, 14ta tuman va şaharga mahalliy budjet xarajatlarining 5 foizi jamoatçilik fikri asosida sarflanişi belgilab qöyildi. 2022 yildan bu tizim barça hududlarga amal qiladi.

Joriy yilda mazkur jarayonga davlat budjetidan jami 156 mlrd 72 mln söm mablağ yönaltirilgan.

1 avgustgaça respublikadagi barça tuman va şaharlar aholisi öz hududidagi yöl yoki binolar ta'miri, içimlik suvi ta'minotini yaxşilaş, yoritiş tizimi bilan boğliq muammolarni «Oçiq budjet» portaliga yozib qoldirişi mumkin. Jamoatçilik tasdiğidan ötgan loyihalar mahalliy budjet daromad va xarajatlarining ma'lum qismidan moliyalaştiriladi.